Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimining
qarori
Viloyat hokimining 2020-yil 15-avgustdagi Q-401-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qaroriga asosan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2020-yil 24-avgustdagi 24/6-3712-son xatini inobatga olib, viloyat hududidagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari atrofida harakat xavfsizligini taʼminlash, bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida, qaror qilaman:
1. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2020-yil 24-avgustdagi 24/6-3712-son xati inobatga olinsin.
2. Viloyat hokimining 2020-yil 15-avgustdagi Q-401-son qarori ilovasi quyidagi mazmundagi 51.1-band bilan toʻldirilsin:
|
“ |
51.1 |
Gʻur-gʻur |
M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻli |
1590 — 1599 |
70 |
55-son maktab |
”. |
3. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Suvankulov zimmasiga yuklansin.
Hokim T. BOBOLOV
Termiz sh.,
2020-yil 8-oktabr,
Q-559-son