Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Qarori
“Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 22-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1702-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2007-yil 4-iyuldagi 2007-44, 17-8/1985-son “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1702, 2007-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 349-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-yanvar,
2021-06-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-yanvar,
21/15-son
Kelishildi:
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1702-1/0132-son)