OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI DIREKTOR OʻRINBOSARLARI, PEDAGOG VA MUHANDIS-PEDAGOG KADRLARI ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-martda 1462-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 16-sentabrdagi 405-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1462-2, 16.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi R-2146-sonli Farmoyishining 8-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizomning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 3-yanvardagi 4,18 va 18-son qarori bilan tasdiqlangan (2002-yil 4-yanvar, roʻyxat raqami 1094) “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 24-apreldagi 10, 293 va 22-son qarori bilan tasdiqlangan (2002-yil 14-may, roʻyxat raqami 1094-1) nizomga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori v.v.b. X. MASUDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
05/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
01-77-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
01/1185-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
(yangi tahrirda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi R–2146-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi va 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari (keyingi oʻrinlarda — direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar) attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar attestatsiyasi ularning Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat taʼlim standartlari, respublikada amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bajarilishini taʼminlashdagi faolligi, taʼlim muassasasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ishlar sifati va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini aniqlash, taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, kasb mahoratlari oʻsishini ragʻbatlantirish, taʼlim-tarbiya, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlardagi mehnati natijalarini xolis baholash maqsadida oʻtkaziladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar attestatsiyasi vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — DTM) tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
2. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) direktor oʻrinbosarlari va pedagoglari attestatsiyadan 3 yilda bir marta oʻtkaziladi.
II. Attestatsiya komissiyasining tarkibi
3. Attestatsiya komissiyasining tarkibi 7 kishidan iborat tuziladi va DTM buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Tarkibning 5 nafar aʼzosi qatnashgan taqdirda komissiya vakolatli hisoblanadi.
4. Attestatsiya komissiyasi ehtiyojga koʻra qoʻshimcha mutaxassislar jalb qilishi mumkin.
5. Komissiya raisi va kotibi DTM ekspertlaridan, komissiya raisi oʻrinbosari esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idora mutaxassislaridan tayinlanadi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga DTM ekspertlari, Markaz yoki uning hududiy boshqarmalari vakillari, shuningdek boʻysunuvida taʼlim muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idora vakillari kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Attestatsiya jarayonida mahalliy hokimiyat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari, kasaba uyushma xodimlari ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan holda, kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1462-1-son, 03.10.2006-y.) qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 402-modda)
6. Attestatsiya komissiyalarining faoliyat koʻrsatish muddati DTM tomonidan belgilanadi. Zarur hollarda komissiyalar tarkibiga oʻzgartirishlar DTM buyrugʻi bilan kiritilishi mumkin.
III. Direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar attestatsiyasini tashkil etish
7. Oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotgan pedagoglar asosiy ish joyida attestatsiyadan oʻtadilar.
Korxona, tashkilot va idora xodimlari oʻrindoshlik asosida ishlayotgan taʼlim muassasasida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
8. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) va taʼlim muassasalari rahbariyati attestatsiya jarayonini tashkil etishga masʼul hisoblanadilar.
9. Attestatsiyadan oʻtuvchi direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar attestatsiya komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi;
maʼlumoti, ilmiy daraja va unvoni (mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari;
toifasi haqida maʼlumot (buyruqdan koʻchirma);
soʻnggi 3 yilda nashr etilgan ilmiy, oʻquv-metodik ishlari, ixtirolari va maqolalari roʻyxati (mavjud boʻlsa);
malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxasi;
attestatsiyadan oʻtuvchining oxirgi 3 yildagi oʻquv, uslubiy, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlar boʻyicha olib borgan ishlari hisoboti;
taʼlim muassasasini rivojlantirish borasidagi ishlari va kelgusidagi rejalari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (direktor oʻrinbosarlari uchun).
Attestatsiya komissiyalari attestatsiyadan oʻtuvchining ish faoliyatiga oid qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrash huquqiga ega.
Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar taʼlim muassasasi direktori (rahbari) tomonidan imzolanadi. Hujjatlardagi maʼlumotlarning asosliligiga imzo qoʻygan shaxs masʼul hisoblanadi.
10. Direktor oʻrinbosarlari va pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi rasmiy xabar va attestatsiya oʻtkazish jadvali attestatsiya boshlanishidan 1 oy oldin DTM tomonidan hududiy boshqarmalarga va taʼlim muassasalariga yuboriladi.
11. Lavozimiga tanlov asosida yangi qabul qilingan direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar uch yildan keyin navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinadi.
12. Homilador yoki farzandi 3 yoshga toʻlmagan pedagog ayollar attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
13. Pedagog kadrlar tayanch maʼlumoti yoki qayta tayyorlash muassasalarida olgan mutaxassisligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkaziladi.
14. Taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar pedagoglari attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
IV. Taʼlim muassasasi rahbariyatining attestatsiya jarayonini tashkil etishga oid vazifalari
15. Taʼlim muassasasining rahbariyati:
attestatsiyadan oʻtuvchilar roʻyxatini tuzadi, ular haqida tegishli buyrugʻini rasmiylashtiradi;
attestatsiyadan oʻtuvchilarning hujjatlarini tayyorlaydi va ularga tavsifnomalar yozadi;
har bir attestatsiyadan oʻtuvchi uchun alohida yigʻma jild (9-bandga asosan) tayyorlaydi;
attestatsiyadan oʻtuvchilarga attestatsiyaning tartibi va qoidalarini tushuntirish uchun seminarlar oʻtkazadi va ularning attestatsiyada toʻliq qatnashishini taʼminlaydi;
attestatsiyada qatnasha olmaydiganlar roʻyxatini tuzadi va ularning sababini aniqlaydi;
attestatsiya jarayonini oʻtkazishga zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
VI. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
16. Direktor oʻrinbosarlari attestatsiyasi quyidagicha tashkil etiladi:
direktor oʻrinbosarlarining faoliyatlari, mansab vazifalaridan kelib chiqqan holda, ularning oxirgi attestatsiyadan keyingi yillardagi oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlari, shuningdek taʼlim muassasasini rivojlanish surʼatiga qoʻshgan hissasining aniq statistik maʼlumotlarini oʻrganish asosida tahlil qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mansab vazifalarida belgilangan masalalar boʻyicha test sinovi va suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalda qayd etiladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1462-1-son, 03.10.2006-y.) qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 402-modda)
17. Taʼlim muassasasini rivojlantirish surʼatini belgilovchi koʻrsatgichlarga quyidagilar kiradi: bitiruvchilarning bilim darajasi, taʼlim muassasasidagi oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilish darajasi, oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, sport musobaqalari, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlar boʻyicha koʻriklardagi natijalari, bitiruvchilarining ishga (oʻqishga) joylashishi, oʻqituvchilar, iqtidorli va kam taʼminlangan oʻquvchilarni ijtimoiy himoyalash boʻyicha olib borilgan ishlar, taʼlim muassasasi moddiy-texnik bazasi, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, tadbirkorlik faoliyati, xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik masalalari.
18. Pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
pedagog kadrning oxirgi attestatsiyadan keyingi yillardagi oʻquv, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha faoliyati oʻrganiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
pedagog kadrlar oʻz mutaxassisligi, lavozim vazifalari va meʼyoriy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha malaka sinovi (test, yozma yoki ijodiy ish) va suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalda qayd etiladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1462-1-son, 03.10.2006-y.) qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 402-modda)
VII. Attestatsiya natijalari
Oldingi tahrirga qarang.
19. Attestatsiya komissiyasi direktor oʻrinbosari va pedagoglar faoliyati haqidagi maʼlumotlar, malaka sinovi (test, yozma yoki ijodiy ish) va suhbat natijalari asosida umumiy xulosani qabul qiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1462-1-son, 03.10.2006-y.) qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 402-modda)
Umumiy xulosalar komissiya aʼzolarining ochiq ovoz berishi yoʻli bilan aniqlanadi. Ovozlar teng boʻlganda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyasining xulosasi attestatsiyadan keyin eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Komissiya attestatsiya natijalariga koʻra:
direktor oʻrinbosarlari haqida “Attestatsiyadan oʻtdi” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi”;
pedagoglar haqida “Attestatsiyadan oʻtdi”, “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb xulosa chiqaradi.
(20-band Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1462-1-son, 03.10.2006-y.) qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 402-modda)
21. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar egallab turgan lavozimiga loyiq deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan pedagoglar kamida 6 oydan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(22-band Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1462-1-son, 03.10.2006-y.) qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 402-modda)
23. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-bandiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi.
24. Tayanch maʼlumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmagan boʻlsa, attestatsiyaga qoʻyilmaydi.
25. Tayanch maʼlumoti dars berayotgan faniga mos kelmasdan attestatsiyaga qoʻyilmagan pedagoglarga, tegishli taʼlim muassasasi rahbari oʻz mutaxassisligiga oʻtishni hamda qayta tayyorlash kursiga borishni taklif qiladi. Ushbu takliflarga rozi boʻlmaganda amaldagi qonunchilik asosida u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
26. Attestatsiya qilinuvchi attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra qatnashmagan direktor oʻrinbosarlari va pedagog “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb hisoblanadi.
27. Attestatsiya komissiyasining xulosa (baho va tavsiya)lari ilovaga muvofiq attestatsiya varaqasida qayd etiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Attestatsiya varaqalari va bayonnomalarga oʻzgartirish kiritish qatʼiyan man etiladi.
Attestatsiya varaqasi xodimning shaxsiy hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi, bayonnomaning birinchi nusxasi DTMda saqlanadi.
28. Attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya hisobot tayyorlaydi va DTMga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. “Direktor oʻrinbosari va pedagoglar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi mehnat nizolari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(29-band Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1462-1-son, 03.10.2006-y.) qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 402-modda)
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
ILOVA
ATTESTATSIYA VARAQASI
| | | |
|
___________________________________________________________________ | ||
|
(Taʼlim muassasasi nomi) | ||
| Attestatsiyadan oʻqtuvchining F.I.Sh. _____________________________________ Tugʻilgan yili __________________ Lavozimi ____________________________ Maʼlumoti ________________________ Mutaxassisligi ____________________ Tamomlagan oʻquv yurtining nomi va tamomlagan vagʻti ______________________ _____________________________________________________________________ Ilmiy darajasi va unvoni _____________________________________________ Umumiy mehnat staji _____________ Umumiy pedagogik staji ______________ Mazkur taʼlim muassasasidagi ish staji _________ Boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar ____________________________________________________________________ | ||
|
(Davlat mukofotlari: orden, medal, koʻkrak nishoni va boshqalar. XTV tomonidan taʼsis etilgan koʻkrak nishoni) | ||
| Attestatsiya komissiyasining xulosasi ____________________________________ ______________________________________________________________________ Attestatsiya komissiyasining raisi _______________________________________ | ||
| |
(familiyasi, ismi va imzosi) | |
| |
oʻrinbosari ______________________________________________ | |
| |
(familiyasi, ismi va imzosi) | |
| | kotibi ___________________________________________________ | |
| |
(familiyasi, ismi va imzosi) | |
| | Komissiya aʼzolari: 1. ________________________________ |
2. ____________________________ |
| |
(familiyasi, ismi va imzosi) |
(familiyasi, ismi va imzosi) |
| | 3. ________________________________ | 4. ____________________________ |
| |
(familiyasi, ismi va imzosi) |
(familiyasi, ismi va imzosi) |
| | 5. ________________________________ | 6. ____________________________ |
| |
(familiyasi, ismi va imzosi) |
(familiyasi, ismi va imzosi) |
| | 7. ________________________________ | 8. ____________________________ |
| |
(familiyasi, ismi va imzosi) |
(familiyasi, ismi va imzosi) |
| |
Muhr oʻrni |
|
| | Attestatsiya varaqasi bilan tanishdim, |
200__ yil _____________________ |
| | |
(sana, oy) |
| | |
____________________________ |
| | |
(imzo) |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 97-modda; 2006-y., 40-son, 402-modda; 2008-y., 35-36-son, 352-modda)