OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
Qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI DIREKTOR OʻRINBOSARLARI, PEDAGOG VA MUHANDIS-PEDAGOGLARNING BOʻSH LAVOZIMLARNI EGALLASH UCHUN ULARNI TANLOV ASOSIDA TANLAB OLISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-martda 1461-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi R-2146-sonli Farmoyishining 8-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisida”gi nizomning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 3-yanvardagi 3, 19 va 19-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisida”gi nizom (2002-yil 4-yanvar, roʻyxat raqami 1093) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori v.v.b. X. MASUDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
04/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B ISMAILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
01-76-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
01/1184-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2005-yil 24-martdagi 04/QQ, 01-76, 01/1184-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2005-yil 24-martdagi 04/QQ, 01-76, 01/1184-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisida
Nizom
Keyingi tahrirga qarang.
(yangi tahrirda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi R–2146-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 1998-yil 13-maydagi 204-son “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (bundan keyin matnda — taʼlim muassasalari)dagi boʻsh(vakant) direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tanlov taʼlim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga, ijodiy va ilmiy potensialga, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarga ega boʻlgan kadrlarni saralab olish maqsadida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Taʼlim muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog (keyingi oʻrinlarda direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar) lavozimlariga nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadilar. Tanlov boʻsh (vakant) lavozimlarga eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tanlov mazkur Nizom asosida tuziladigan taʼlim muassasalari direktor oʻrinbosarlari va pedagog lavozimlariga tanlov oʻtkazish komissiyasi (Tanlov komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Taʼlim muassasalariga soatbay haq toʻlash asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar direktor buyrugʻi bilan tanlovsiz rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Akademik litseylarning:
direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga oʻtkazilayotgan tanlovda (asosan umumtaʼlim fanlari yoki pedagogika fanlari boʻyicha) ilmiy daraja (ilmiy unvon)ga ega boʻlgan shaxslar hamda pedagogik soha boʻyicha magistr yoki diplomli mutaxassislar ham ishtirok etishlari mumkin;
pedagog lavozimiga oʻtkazilayotgan tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik mutaxassislik boʻyicha magistr, diplomli mutaxassis va pedagogik yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kasb-hunar kollejlarining:
direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga oʻtkazilayotgan tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik (kasbiy-taʼlim) yoki taʼlim muassasasining yoʻnalishi boʻyicha magistr, diplomli mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin;
umumtaʼlim fanlar boʻyicha pedagog boʻsh oʻrinlarini egallash uchun tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik mutaxassislik boʻyicha magistr, diplomli mutaxassis va bakalavrlar ishtirok etishlari mumkin;
maxsus fan va kasbiy taʼlim (amaliyot) pedagoglari lavozimlariga oʻtkazilayotgan tanlovda taʼlim muassasasi yoʻnalishi va ixtisosliklariga mos keladigan ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki magistr, diplomli mutaxassis va bakalavrlar ishtirok etadilar. Xalq hunarmandchiligi, sport va madaniyat yoʻnalishlaridagi kasb-hunar kollejlarining kasbiy taʼlim (amaliyot) pedagog lavozimlarini egallash uchun tanlovda ishlab chiqarish korxonalarining yuqori razryadli xodimlari va milliy hunarmandchilik ustalari, shuningdek sport ustasi yoki madaniyat sohasida unvonga ega oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotli shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga aylantirilayotgan boshqa turdagi talim muassasalari direktor oʻrinbosarlari va pedagoglari tanlovda umumiy asosda ishtirok etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Direktor oʻrinbosari va pedagog lavozimini egallash uchun oʻtkazilayotgan tanlovda nomzodlar arizasiga binoan ishtirok etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Direktor oʻrinbosari lavozimiga kamida ikkita nomzod tanlovda qatnashishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sud hukmiga koʻra pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslar tanlovga qoʻyilmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Taʼlim muassasalari direktor oʻrinbosarlari va pedagoglarini tanlovdan oʻtkazish boʻyicha taxminiy savollar majmui va tanlov oʻtkazish grafigi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora tomonidan ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Tanlov oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
10. Boʻsh (vakant) direktor oʻrinbosarlari lavozimiga tanlov Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining hududiy boshqarmalari yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora tomonidan, pedagog lavozimlariga — taʼlim muassasalari rahbariyati tomonidan markaziy yoki mahalliy matbuot orqali 1 oy oldin eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tanlov eʼlon qilingandan keyin:
Keyingi tahrirga qarang.
direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlarning arizalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlikka yoki idoraga;
pedagog lavozimiga tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlarning arizalari taʼlim muassasasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
soʻrovnoma (kadrlarni hisobga olish varaqasi) va tarjimai hol;
maʼlumoti haqidagi hujjatning nusxasi;
ilmiy daraja va ilmiy unvonlari haqidagi hujjatlarning nusxalari (mavjud boʻlsa);
ilmiy-uslubiy ishlar va ixtirolar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
4 x 6 oʻlchamdagi 4 dona fotosurat.
Bundan tashqari:
direktor oʻrinbosari lavozimlariga nomzodning taʼlim muassasasiga boʻlajak rahbarlik faoliyati boʻyicha ixtiyoriy shaklda yozilgan rejasi (konsepsiya).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Direktor oʻrinbosari lavozimiga tanlov oʻtkazish uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan ushbu boshqarmalar huzurida yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik buyruqlari bilan ushbu vazirliklar huzurida yoki idora rahbarining buyrugʻi bilan ushbu idora huzurida;
pedagog lavozimlariga tanlov oʻtkazish uchun talim muassasalari direktorlarining buyruqlari bilan taʼlim muassasalari huzurida tanlov komissiyalari tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tanlov komissiyasi hujjatlarni oʻrganib, nomzodlarni tanlovda qatnashishga tavsiya etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Tanlov komissiyasi 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tanlov komissiyasi ochiq ovoz berish asosida va koʻpchilik ovoz bilan tanlov boʻyicha yakuniy xulosa qabul qiladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Tanlov natijalari
17. Direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga komissiya tomonidan tanlab olingan nomzodlar bilan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi yoki tegishlicha boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va buyruq bilan rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Pedagog lavozimiga tanlab olingan nomzodlar bilan taʼlim muassasasi direktori belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va buyruq bilan rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tanlov komissiyasi xulosasidan norozi boʻlgan shaxslar yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 96-modda; 2017-y., 31-son, 788-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 10/21/1461-2/1119-son; 27.04.2024-y., 10/24/1461-3/0305-son; 19.12.2025-y., 10/25/1461-4/1185-son)