Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqishning yangilangan tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari kuchga kiritilganligi munosabati bilan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-mart,
PF-3587-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
“4. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning arizasini konsullik muassasasi barcha materiallar va oʻz xulosasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi uchun xulosa tayyorlaydi. Komissiya Milliy xavfsizlik xizmatidan ham materiallar oladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-martdagi PF-3725-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 101-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-noyabrdagi PF-3157-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-banddagi “Oliy Majlisiga” soʻzlari “Oliy Majlisining palatalariga” deb oʻzgartirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻz faoliyatida Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi”;
v) 14-banddagi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisob palatasining faoliyatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilishi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning qoʻmitalari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va uning qoʻmitalari majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida qatnashadi”;
oltinchi xatboshidagi “Oliy Majlisiga” soʻzlari “Oliy Majlisi palatalariga” deb oʻzgartirilsin;
g) 15-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oliy Majlis qoʻmitalarining” soʻzlari “Oliy Majlis palatalari qoʻmitalarining” deb oʻzgartirilsin;
d) 25-banddagi “Oliy Majlisiga” soʻzlari “Oliy Majlisi palatalariga” deb oʻzgartirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 89-modda; 2006-y., 12-13-son, 101-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)