1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib tashlash ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi Bazel Konvensiyasiga (1989-yil 22-mart, Bazel) (keyingi oʻrinlarda Bazel konvensiyasi deb ataladi) muvofiq ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishni davlat tomonidan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror 2021-yil 1-maydan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonida hosil boʻladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va respublika hududidan olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulotlar hamda chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom qoidalari alohida belgilangan tartibda respublika hududidan tranzit oʻtadigan maxsus yuklarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) tizimidagi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan ekologik sertifikatlash organi (keyingi oʻrinlarda ekologik sertifikatlash organi deb ataladi) tomonidan beriladigan ekologik sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologik sertifikat Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va respublika hududidan olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar, respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlar texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlarda belgilangan ekologik xavfsizlik talablariga javob berishini tasdiqlaydigan Milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq beriladigan hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib tashlash ustidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 1989-yil 22-martdagi Bazel Konvensiyasi (keyingi oʻrinlarda Bazel konvensiyasi deb ataladi) ishtirokchisi boʻlmagan davlatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati tasdiqlangan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishlari va respublika hududidan olib chiqishlari qatʼiyan taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bazel konvensiyasi ishtirokchisi boʻlmagan davlat oʻrtasida chiqindilarni tranzit tarzida olib oʻtishga doir xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan hollarda, bunday olib oʻtish ushbu xalqaro shartnoma qoidalari, shuningdek, ustuvor ravishda, Bazel konvensiyasida belgilangan umumiy talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Bazel konvensiyasining talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va respublika hududidan olib chiqiladigan hamda ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va chiqindilarga doir hisobot tayyorlanib, belgilangan muddatlarda har yili Bazel konvensiyaning Kotibiyatiga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki respublika hududidan olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar miqdori haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan olinadigan — mahalliy ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yillik hosil boʻladigan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar miqdori haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasidan olinadigan — ekologik xavfli boʻlgan mahsulotlar va chiqindilarni respublika hududiga olib kirish va uning hududidan chiqishi haqidagi jamlanma maʼlumotlar asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqilishiga ekologik sertifikat berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sertifikatlashtirilgan mahsulotga bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqtida ekologik sertifikat roʻyxat raqami va berilgan sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarda ularning ekologik sertifikatlashtirilganligiga oid maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda bunday mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish ushbu Nizomda koʻrsatilgan tartibda ekologik sertifikatlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekologik sertifikatlash ishlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonida hosil boʻladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va respublika hududidan olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulotlar hamda chiqindilarni rekologik sertifikatlash uchun ariza beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va meʼyorlashtirish Bosh boshqarmasining 2010-yil 1-dekabrdagi 85-TK-son “Mahsulotlarni ekologik sertifikatlash qoidalari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ekologik sertifikatlashni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishga ekologik sertifikat olish uchun ariza beruvchi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi ekologik sertifikatlash organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishga ekologik sertifikat olish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar va chiqindilar roʻyxatiga asosan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarning nomi, miqdori, Tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi kodi (keyingi oʻrinlarda TIF TN kod deb ataladi) koʻrsatilgan buyurtma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni respublika hududiga olib kirish uchun — invoys/hisob-faktura, yukxati yoki uning hududidan olib chiqish uchun — invoys/hisob-faktura;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilayotgan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarning aniq hajmi (soni) koʻrsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotlarni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi oʻrtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi (ekologik sertifikatlashtirish bir kalendar yilga amalga oshirilganda) talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq ekologik sertifikat olish maqsadida arizani koʻrib chiqish uchun ekologik sertifikatlash organiga taqdim etgan hujjatlar va maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik sertifikat olish uchun ekologik sertifikatlash organi ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilganidan boshqa maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekologik sertifikatlash organi bir ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va hujjatlar toʻliq boʻlganda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni sertifikatlashni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, agar hujjatlar ushbu Nizomning 10-bandi talablariga javob bermasa, bu kamchiliklar toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi ushbu kamchiliklarni oʻn kalendar kunda bartaraf etishi kerak, aks holda ekologik sertifikatlash organi hujjatlarni ariza beruvchiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali yoki uning pochta manziliga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologik sertifikatlash organi sertifikatlash ishlarini oʻtkazish haqida qaror qabul qilgan holatda bir ish kuni mobaynida ekologik sertifikatlash dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekologik sertifikatlash organi tasdiqlangan dastur asosida ikki ish kun mobaynida sinov laboratoriyasida namunalarni sinovdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni sertifikatlashtirish Sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq identifikatsiya qilinadi hamda ulardan namunalar olinib, laboratoriya sinovlari oʻtkaziladi va sinov bayonnomalari rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar identifikatsiyalash natijalari boʻyicha ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan namunalar normativ hujjatlarga muvofiq boʻlmasa, ekologik sertifikatlashtirish organi tomonidan namunalar qabul qilinmaydi va ariza beruvchiga sabablari koʻrsatilgan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Namunalar soni, tanlash tartibi, ularni identifikatsiyalash va saqlash qoidalari ekologik sertifikatlanadigan xavfli mahsulotlar va chiqindilarga normativ hujjatlarda, shu jumladan, sinov usullarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muayyan turdagi xavfli mahsulotlar va chiqindilarga sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish va berish muddati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan usullarga muvofiq amalga oshiriladigan ushbu turdagi mahsulotlar va chiqindilarni sinovdan oʻtkazishning umumiy davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna olish imkoni boʻlmagan kam miqdorni tashkil etgan, normativ hujjati, shuningdek, sinovlarni amalga oshirish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi mavjud boʻlmagan taqdirda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni ekologik sertifikatlash identifikatsiyalash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sinovlarining sifati va natijalarning ishonchliligi, shuningdek, sinovlar bayonnomalari saqlanishi uchun sinovlarni oʻtkazgan laboratoriya javobgar hisoblanadi. Sinov bayonnomalari laboratoriyaning texnik eksperti tomonidan imzolanadi va akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi sinov bayonnomalarini ariza beruvchiga va/yoki ekologik sertifikatlash organiga taqdim etadi. Agar xavfli mahsulotlar va chiqindilar sinovlari boshqa akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida alohida parametrlar boʻyicha oʻtkazilgan boʻlsa, bayonnomalar bilan tasdiqlangan sinovlarning ijobiy natijalari mavjudligi ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarning muvofiqligi ijobiy baholanishi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida oʻtkazilgan laboratoriya sinovlarining ijobiy natijasi olinganda, ekologik sertifikatlash organi hujjatlarni texnik ekspertga baholash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ekspertning ijobiy qarori qabul qilinganda ekologik sertifikatlash organi bir ish kuni mobaynida ekologik sertifikatni rasmiylashtiradi va davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekologik sertifikat belgilangan namunadagi blankada (bosma ish qogʻozi) davlat tilida yoki rus tilida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi oʻz hohishiga koʻra ekologik sertifikatni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki ariza beruvchining ishonchli vakili orqali olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekologik sertifikat ariza beruvchiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda ekologik sertifikatlash organining elektron imzosi bilan berilganda yoki qogʻoz shaklida ekologik sertifikatlash organining muhri va imzosining asli boʻlganda hamda davlat reyestrida qayd etilganligini tasdiqlovchi sana va raqam koʻrsatilganda haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekologik sertifikat blanki raqamlangan, himoya qilish darajasiga ega, qatiy hisobda turadigan va javobgarligi belgilangan hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik sertifikat blankasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekologik sertifikat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilayotgan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarga (transport vositalaridan tashqari) aniq hajmi (soni) koʻrsatilgan bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi oʻrtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasiga asosan — bir kalendar yildan oshmagan muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarning har toʻpiga — bir yildan oshmagan muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni seriyalab ishlab chiqarish jarayonlariga esa — 3 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ekologik sertifikatlash organi faoliyatiga taalluqli sertifikat nusxasi va sertifikatlashtirish ishlarini olib borishda zarur boʻlgan hujjatlar toʻplami (namuna olish dalolatnomalari, identifikatsiya dalolatnomalari, sinov bayonnomalari) ekologik sertifikat amal qilish muddatida, lekin bir yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi. Saqlash muddati tugagan hujjatlar arxivga topshiriladi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ekologik sertifikatning amal qilish muddatini toʻxtatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ekologik sertifikatning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ekologik sertifikatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida belgilangan tartibda ekologik sertifikatlash organiga ariza bilan murojaat qilganda — murojaat qilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi (yuridik shaxs)ning faoliyati tugatilgan yoki toʻxtatilganda — ushbu kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi qayta tashkil etilganda — qayta tashkil etilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga bir kalendar yilga berilgan ekologik sertifikatning talablari bir yil mobaynida muntazam ravishda (ikki yoki undan ortiq) buzilishi, agar ushbu qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelsa oʻn ish kuniga toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ekologik sertifikatlash organining ekologik sertifikat amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori ariza beruvchiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ekologik sertifikat amal qilishini toʻxtatishning sabablari koʻrsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda yetkaziladi, bunda ekologik sertifikatning amal qilishini toʻxtatish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatiladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan ekologik sertifikatning amal qilishini toʻxtatishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ekologik sertifikatning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza beruvchi tomonidan ekologik sertifikatning amal qilishini toʻxtatish sabablari oʻn ish kuni mobaynida bartaraf etilmagan taqdirda, ekologik sertifikat bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ekologik sertifikat bekor qilingan taqdirda, sertifikatning asl nusxasi ariza beruvchi tomonidan ekologik sertifikatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ekologik sertifikatlash organiga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekor qilingan ekologik sertifikatlar ekologik sertifikatlash organi tomonidan yoʻq qilinadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Bekor qilingan ekologik sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ekologik sertifikatlash organining veb-saytida barcha ommaviy tanishish uchun eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ariza beruvchi ekologik sertifikatlash organining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, sudga murojaat qilish huquqiga ega. ekologik sertifikatlash organining qarori ustidan sudga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) qayta tashkil etilganda, uning nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda oʻn ish kuni mobaynida mazkur oʻzgartishlar haqida amaldagi ekologik sertifikatning asl nusxasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun ekologik sertifikatlash organiga yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchi ilgari berilgan ekologik sertifikatning huquqiy vorisi boʻlmasa, hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda uning nomiga ekologik sertifikatlash organi tomonidan bir ish kuni mobaynida amaldagi ekologik sertifikat muddatiga ekologik sertifikat rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ekologik sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ekologik sertifikatlash organi berilgan ekologik sertifikatlar reyestrini yuritadi va ularni oʻz veb-saytida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Berilgan ekologik sertifikatlar reyestrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi, uning manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik sertifikat berilgan sana, amal qilish davri va uning roʻyxatdan oʻtgan raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bekor qilingan va toʻxtatib qoʻyilgan ekologik sertifikatlarning raqami, ariza beruvchining nomi, yuridik manzili, asoslari va sanalari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ekologik sertifikatlar reyestridagi maʼlumotlar hamma tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarga ekologik sertifikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hujjatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot xizmati yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ekologik sertifikatlash organiga taqdim etadi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Ekologik sertifikatlash organi
1. Taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
hujjatlar mos kelganda — ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni sertifikatlash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida;
hujjatlar mos kelmagan taqdirda — qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda ariza beruvchini xabardor qiladi.
2. Sertifikatlash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan holatda ekologik sertifikatlash dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
1 ish kunida
3-bosqich
Ekologik sertifikatlash organi
Tasdiqlangan dastur asosida akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi bilan birgalikda:
namunalarni identifikatsiya qiladi, namuna oladi va laboratoriyaga taqdim qiladi;
namunalarni sinovdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi va sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi;
yakuniy barcha hujjatlarni baholash uchuntexnik ekspertga taqdim qiladi.
2 ish kunida
4-bosqich
Texnik ekspert
Ekologik sertifikatlash organi
1. Texnik ekspert hujjatlar toʻplamini oʻrganib chiqib, ekologik sertifikat berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Texnik ekspertning ijobiy qarori asosida ekologik sertifikat rasmiylashtiriladi va reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
3. Ekologik sertifikatni “Yagona darcha” bojxona axborot xizmati tizimiga kiritish orqali yoki ariza beruvchiga (uning ishonchli vakiliga) toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(ekologik sertifikatlashtirish organing nomi va pochta manzili — naimenovaniye i pochtoviy adres organa po ekologicheskoy sertifikatsii)
Reestirda qayd etilgan № ____________________ Zaregistrirovano v reyestre _______ -son bilan 20__ yil “__” __da qayd qilindi Registratsionniy № ________ ot “___” ______ 20__ g. Amal qilish muddati “___” ________ 20___ gacha Deystvitelen do “___” ______________ 20__ g.
ning lozim ravishdagi identifikatsiyasiga javob berishi va normativ-uslubiy jihatlari: _________ ________________________________________________________________________
(normativ hujjatlar nomi — naimenovaniye normativnogo dokumenta)
i yego normativno-metodicheskaya baza sootvetstvuyet trebovaniyem sleduyushix normativnix i pravovix aktov
Sertifikat egasi haqida maʼlumot:________________________________________________
(nomi va pochta manzili — naimenovaniye i pochtoviy adres)
Svedeniya o derjatele sertifikata:____________________________________________
Mahsulot yoki xizmatning ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllanilgan talablar: ______________ ________________________________________________________________________
(mahsulot va xizmatga doir tekshiruv, kuzatuv yoki normativ hujjatlar tahlili — ekspertiza normativnix dokumentov ili ispitaniya produksii)
Dannie o provedenii ekologicheskoy sertifikatsii po trebuyemim kriteriyam:
Izoh: Ekologik sertifikat berilganlik shartlariga amal qilinmagan taqdirda ecologik sertifikatlashtirish organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Primechaniye: Organ po ekologicheskoy sertifikatsii, vidavshiy sertifikat, vprave annulirovat sertifikat, yesli poluchatel dannogo sertifikata ne vipolnyayet trebovaniya na sootvetstviye kotorim on vidan.
Sertifikatlashtirish organ rahbari Rukovoditel organ sertifkatsii
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-apreldagi 151-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 21-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 17-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 261-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 18-sentabrdagi 787-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QX, 2019-y., 19-sentabr, 3770-modda).