Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2001 16.08.1995 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2001
Hujjat 16.08.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGINING MAHSULOT TAYYoRLASh VA UNING SIFATI BOʻYIChA BOSh DAVLAT INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi, suv xoʻjaligi Departamenti, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish Bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “OʻzSSR Davlat agrosanoat komitetining Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi (Boshqarmasi) toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1987-yil 19-oktabrdagi 423-son qarori (OʻzSSR QT, 1987-y., 10-son, 55-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 16-avgustdagi 322-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Boshdavinspeksiya” deb ataladi) tayyorlovchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar oʻrtasida mahsulot sifatini baholash boʻyicha nizoli masalalarni hal etish, kontraktatsiya shartnomalari tuzishni va ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish, shuningdek, kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun xoʻjaliklarni javobgarlikdan ozod qilish uchun xulosalar berish boʻyicha respublika dehqonchilik sanoati majmuining idoralararo mustaqil nazorat qiluvchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Boshdavinspeksiya” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Prezidentning farmonlari va farmoyishlariga, respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Boshdavinspeksiya” ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash, saqlash va sotish chogʻida dehqonchilik sanoati majmui korxonalarida, qaysi idoraga qarashligidan qatʼi nazar, tayyorlov tashkilotlarida mahsulot sifatini nazorat qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning sifati va miqdorini baholash, uning uchun oʻz vaqtida va toʻgʻri haq toʻlanishi boʻyicha nizoli masalalarni hal etish, kontraktatsiya shartnomalari tuzishni va ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining mahsulot sifati, kontraktatsiya shartnomalarini tashkil etish va tuzishning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish boʻyicha tegishli inspeksiya xizmatlari ishiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlarining tarkibiy boʻlinmalari bilan mustahkam aloqada ishlash hamda oʻz vakolati doirasida respublikaning boshqa nazorat qiluvchi organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlari bilan birgalikda mahsulot sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishda, belgilangan tartibda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritishda qatnashish, yoʻriqnomalar, qoidalar, shuningdek, boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mahsulot yetkazib beruvchilar va oluvchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlari toʻgʻri aniqlanganligi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan standartlar, texnik shartlar talablariga rioya qilinishi, respublika koʻrsatma beruvchi organlarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilash masalalariga, kontraktatsiya shartnomalari bajarilishiga doir qarorlari, buyruqlari, yoʻriqnomalari va koʻrsatmalari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning davlat inspeksiyasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha takliflari, shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Boshdavinspeksiya” quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik sanoati majmuiga kiruvchi vazirliklar va idoralardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini taʼminlash, nazorat qiluvchi organlar tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mahsulot xillarini kengaytirish, xomashyo va tayyor mahsulot sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarining mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat inspeksiyalari hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va sotish chogʻida standartlar, normativ-texnik hujjatlar talablari bajarilishini taʼminlanmagan ishlab chiqarishlar va sexlar ishini toʻxtatib qoʻyish, shuningdek, mahsulotni qayta ishlash yoki boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini aniqlagan holda standartlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni sotishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlash va texnik shartlar talablaridan chekingan holda mahsulot ishlab chiqargan va sotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan iqtisodiy jazolar qoʻllash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar va texnik shartlar talablaridan chekingan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ular sotilgan davrda natura va qiymat ifodasida prognozlar yoki buyurtma-naryadlar hisobotlaridan chiqarib tashlash toʻgʻrisida koʻrsatma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, koʻrsatmaga muvofiq normativ-texnik hujjatlar talablaridan chekingan holda tayyorlangan mahsulotni sotishdan olingan haqiqiy foydaning butun summasini respublika budjeti daromadiga toʻlashga majburdirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish ishida standartlar talablari buzilishida, past sifatli mahsulot yetkazib berilishi va sotilishida, oʻzaro hisob-kitoblar qoidalari va kontraktatsiya shartnomalari buzilishida aybdor boʻlganlarga nisbatan ogohlantirish yoki eng kam oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda jarima solish koʻrinishida chora koʻrish. Solingan jarima miqdorining butun summasi respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari oldiga mahsulot tayyorlash, saqlash, yetkazib berish va sotishni tashkil etish ishida davlat intizomi buzilishida aybdor boʻlgan rahbarlarni va boshqa mansabdor shaxslarni amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish masalalarini qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom bilan berilgan vakolatlar doirasida boshqa masalalarni hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Boshdavinspeksiya” ga yuklangan vazifalarni bajarish uchun uning mutaxassislari (davlat inspektorlari) quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini, qabul qilish, transportda tashish, joylashtirish, saqlash va sotish qoidalarini tekshirish uchun oʻz xizmat guvohnomalari va tegishli hujjatlarni koʻrsatgan holda, qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda tekshirishlar oʻtkazish va tahlillar qilish uchun korxonalar, muassasalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur tahlillar oʻtkazish, mahsulot sifatini aniqlash uchun namunalar (sinab koʻrishlar) ni tanlash, belgilangan tartibda tegishli xulosalar berish. Laboratoriya tahlillari va takror tekshirishlar oʻtkazish xarajatlari mahsulot tayyorlovchi korxonalar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotining sifatini aniqlash masalasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi, tayyorlov, ulgurji, sanoat korxonalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatini baholash boʻyicha komissiyalar ishida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalari va muassasalariga, tayyorlov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga aniqlangan standartlar va texnik shartlarning buzilishini, qishloq xoʻjaligi mahsuloti tayyorlash, sotish shartlari, transportda tashish va saqlash qoidalari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida belgilangan muddatda bajarish majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat inspektorining oʻz vakolati doirasidagi koʻrsatmalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Boshdavinspeksiya” boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi bilan ishga tayinlanadi va ishdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat davlat inspeksiyalari boshliqlari “Boshdavinspeksiya” ning roziligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Boshdavinspeksiya” boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat inspeksiya ishiga yakka boshchilik prinsipi asosida rahbarlik qiladi, respublika mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan boʻshatishni amalga oshiradi, “Boshdavinspeksiya” ga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha muassasalar va tashkilotlarda Davlat inspeksiyasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha ishonchnomasiz vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshdavinspeksiya” ixtiyoriga ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshliq oʻrinbosarining, “Boshdavinspeksiya” boshqarmalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalar boshliqlarining vazifalarini belgilaydi, xodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Boshdavinspeksiya” boshligʻi va uning oʻrinbosari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan “Boshdavinspeksiya” ning vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan hayʼatlar majlislarida, kengashlarda belgilangan tartibda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Boshdavinspeksiya” apparati xarajatlari respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Boshdavinspeksiya” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Boshdavinspeksiya” bankda oʻz hisob-kitob schyotiga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 8-son, 28-modda)