Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
“Boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 15-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1310-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 20-yanvardagi 20 va 72-son “Boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1310, 2004-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 78-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-yanvar,
5-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-yanvar,
07-2021/k/k-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2021-y., 10/21/1310-1/0117-son)