Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
2020-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyani tuzish toʻgʻrisida”gi 660-IV-sonli;
2021-yil 7-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon etilgan takliflar va xulosalardan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisida”gi 681-IV-sonli qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-yanvar,
701-IV-son