Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
2021-yil 7-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisida”gi 683-IV-sonli;
2021-yil 18-yanvardagi “Aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament va deputatlar nazoratini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 707-IV-sonli;
2021-yil 18-yanvardagi “Taʼlim sohasini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament va deputatlar nazoratini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 708-IV-sonli qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-yanvar,
723-IV-son