Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.12.1992 yildagi 565-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShAXSIY YORDAMChI XOʻJALIKLARI BOʻLGAN DEHQONLARNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLAShNING QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarning liberallashuvi va bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitlarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalari tuman, viloyat uyushmalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR Prezidentining “Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari boʻlgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarorining 13-bandiga qisman oʻzgartirish kiritgan holda smeta qiymati 500 ming soʻmgacha boʻlgan kichik sexlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa obyektlarni loyihalash va qurishning texnikaviy hujjatlarini tuman uyushmasi, smeta qiymati 1 mln soʻmgacha boʻlganini — viloyat uyushmasi va 1 mln soʻmdan ortiq boʻlganini — uyushmaning Respublika kengashi tasdiqlashi belgilansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyuldagi 337-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga madad jamgʻarmasi va undan foydalanish maqomi toʻgʻrisidagi Nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyuldagi 337-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
565-son