Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi 506-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Italiya parlamentining Deputatlar palatasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 3-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Italiya Parlamentining Deputatlar palatasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 302-IV-sonli Qarori 1-bandining 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Djurayev Qodir Asadovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, guruh rahbari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 3-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Pokiston Parlamentining Milliy assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 303-IV-sonli Qarori 1-bandining 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Akramova Zulayxo Abdurazoqovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi, guruh rahbari”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 3-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Argentina Milliy Kongressining Deputatlar palatasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 305-IV-sonli Qarori 1-bandining 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tilavoldiyev Nodir Xakimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, guruh rahbari”.
4. Ushbu Qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-yanvar,
687-IV-son