29.12.2018 yildagi 2281-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2018-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi shuni qayd etadiki, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi 2018-yildagi oʻz faoliyatini palata va qoʻmita ish rejalariga muvofiq tashkil etib, ish rejalarida belgilangan vazifalar toʻliq bajarilishiga erishish choralarini koʻrgan. Shu bilan birga qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda Kengash majlisida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda kelgusidagi oʻz faoliyatini yanada jonlantirishi zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Xususan, qishloq xoʻjaligi sohasi boshqaruv tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, urugʻchilikda sara navlarni yaratish maqsadida tajriba-seleksiya ishlarini tubdan jonlantirish, urugʻchilik va seleksiya ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, davlat-xususiy sheriklik asosida urugʻchilik klastyerlarini tashkil etish va qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish qoʻmita faoliyatida ustuvor vazifa boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2018-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ish faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqsin hamda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish borasida bevosita ishtirokini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi (T. Eshnazarov) 2018-yil yakunlarini inobatga olgan holda 2019-yilga moʻljallangan ish rejalarining bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. Alixonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2981-III-son