29.12.2018 yildagi 2980-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining 2018-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi shuni qayd etadiki, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2018-yildagi oʻz faoliyatini Palata va Qoʻmita ish rejalariga muvofiq tashkil etib, ish rejalarida belgilangan vazifalar bajarilishiga erishish choralarini koʻrgan. Biroq qoʻmitaning mamlakatimizda tashqi siyosat sohasida olib borilayotgan islohotlarda Qonunchilik palatasining bevosita ishtirokini taʼminlash, parlament nazoratini kuchaytirish borasida olib borayotgan faoliyatida tashabbuskorlik va izchillik yetishmayapti. Shu bilan birga, Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda Kengash majlisida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda kelgusidagi oʻz faoliyatini yanada jonlantirishi zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Xususan, Oʻzbekistonning tashqi siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, Qonunchilik palatasining boshqa davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo guruhlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda muntazam siyosiy muloqot olib borish, shu orqali barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar rahbarlarini Qoʻmita va Palata majlislarida eshituvlarini, parlament soʻrovlari yuborilishini tashkil etish, parlamentlararo tuzilmalarda oʻz ishini faollashtirish va xalqaro aloqalar sohasida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish Qoʻmita faoliyatida ustuvor vazifa boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining 2018-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasiga belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ish faoliyatini qayta tanqidiy koʻrib chiqsin hamda mamlakatimizning tashqi siyosat sohasidagi islohotlarni amalga oshirish borasida bevosita ishtirokini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi (A. Jalilov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda qabul qilinayotgan qarorlarning, davlatimiz rahbarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari doirasida erishilgan hamda imzolangan xalqaro kelishuv va shartnomalarning masʼul vazirlik va idoralar tomonidan ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlasin, bunda parlament nazoratining barcha shakllaridan samarali foydalanilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlamentlararo guruh rahbarlari va aʼzolari xorijiy davlatlar parlamentlarining parlamentlararo guruhlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, kengaytirish va rivojlantirishda tashabbuskorligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishida bildirilgan fikr-mulohazalarni eʼtiborga olgan holda, 2019-yil uchun ish rejasini ishlab chiqsin va uning bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Otamuratov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2280-III-son