Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-martdagi 696-V/KQ-137-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 10-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birlashgan Arab Amirliklari Parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 321-IV/KQ-55-IV-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 6, 425-modda) 1-bandining 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Vafayev Ulugbek Nazarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi, guruh rahbari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 10-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Shvetsiya Qirolligi Parlamenti (Riksdag) bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 333-IV/KQ-67-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 6, 437-modda) 1-bandining 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi, guruh rahbari”.
3. Ushbu Qoʻshma qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-yanvar,
688-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 7-yanvar,
KQ-176-IV-son