Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo choralari yengillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-734-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari E. Salixov, F. Ashmatov va K. Tojiyev tomonidan 2020-yil 28-dekabrda kiritilgan “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo choralari yengillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-734-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-yanvar,
696-IV-son