Oʻzbekiston Respublikasi oliy Kengashining
Qarori
“ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 3-dekabrdagi 711-II-sonli “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari ushbu Qonunga zid keladigan oʻz meʼyoriy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari hamda bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
872-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 256-modda)