27.01.2021 yildagi 713-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yilda bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturining (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 2020-yilda bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, oʻtgan davrda mamlakatimiz Prezidentining parlamentga Murojaatnomasi hamda Davlat dasturida belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish yuzasidan barcha sohalarda tizimli islohotlar olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida davlat xizmatlaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari foydalanish imkoniyatini oshirish, Hukumat faoliyatida xalq bilan muloqot qilishning “qayta aloqa” vositalarini keng joriy qilish, kambagʻallikni qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq choralar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarkibini yanada diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, “Yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish, ichki bozorda isteʼmol tovarlari narxlarining barqarorligini taʼminlash uchun tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, pandemiyaning respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsirini yumshatish borasida oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida 2020-yilda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi oʻtgan yilga nisbatan 101,6 foizni tashkil qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Natijada bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jami 219 ta elektron davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, oʻtgan yili 93 214 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 215 mingta loyihaga 6 078,5 mlrd. soʻm kredit ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohani rivojlantirish yoʻnalishida taʼlim va fan sohasini rivojlantirish, fuqarolarni doimiy ish va daromad manbasi bilan taʼminlash, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, farovonligini oshirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, oʻtgan yili birinchi marta xotin-qizlar uchun umumiy davlat granti boʻyicha qabul koʻrsatkichlariga nisbatan 4 foiz qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlari ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirishga 1 trln. 340 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi, jami 378,1 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 barobarga oshirilib, 1 million 200 ming nafarga yetkazildi. Ushbu maqsadlarga budjetdan 2016-yilga nisbatan 5 barobar koʻp mablagʻ ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadlarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida davlat dasturi doirasida jami 170 ta hujjat, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 9 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 8 ta qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24 ta farmoni va 26 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 38 ta qarori va farmoyishi qabul qilindi, shuningdek, 65 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Hukumat hisoboti yuzasidan oʻtgan muhokamalar chogʻida deputatlar 2020-yilgi Davlat dasturida belgilangan 284 ta banddan 206 tasi (72,5 foiz) toʻliq bajarilgani holda, 20 ta bandning muddati belgilangan tartibda uzaytirilgani hamda 58 ta bandning ijrosi yuzasidan tegishli hujjat loyihalarini qabul qilish ishlari yakuniga yetkazilmaganiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, yoʻl harakati xavfsizligi sohasida roʻyxatga olish va imtihonlar oʻtkazish tartib-taomillarini soddalashtirishni (55-band), sugʻurta bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlashni (68-band), qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi xoʻjaliklarni yalpi xatlovdan oʻtkazishni (82-band), moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish strategiyasini ishlab chiqishni (95-band) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha boshlangan ishlar oxiriga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilishda Davlat dasturida nazarda tutilgan qator qonun loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha boshlangan ishlar bugungi kunga qadar yakuniga yetkazilmaganligi, parlamentga koʻrib chiqish uchun taqdim etilmaganligi aytib oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, moliya tizimini isloh qilish, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, qoʻshimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet defitsitini kamaytirishga qaratilgan “Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (65-band) hamda “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (67-band), shuningdek isteʼmolchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutilgan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi (88-band) hanuzgacha parlament muhokamasiga kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar tomonidan Davlat dasturining 2020-yil uchinchi choragidagi ijrosi yakunlari boʻyicha hisobotni koʻrib chiqish davrida alohida koʻrsatib oʻtilganiga qaramay, bugungi kunda mamlakatimizda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan zamonaviy avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish, yoʻl infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq yaxshilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha avtomobil yoʻllarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish (97-band) vazifasi ham tugallanmagan. Iqtisodiyotni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir masala — eksport hajmini yanada koʻpaytirish, importni qisqartirish va savdo tartibini soddalashtirish boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish (115-band) boʻyicha belgilangan tadbirning ijro muddati kechiktirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek yigʻilishda deputatlar tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, sanitariya-epidemiologiya xizmati sifatini oshirish, tibbiyot sohasini raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini kuchaytirish masalalari yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish kerakligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari Davlat dasturining ijrosini toʻliq taʼminlashda Hukumat aʼzolari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratishlari lozimligini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzolari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish hajmlarini oshirish yuzasidan taʼsirchan choralarni koʻrish, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishda qator muammolar mavjudligi, bu esa tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida zarur choralar koʻrishni taqozo etishini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi aʼzolari tomonidan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, kino sanʼatini rivojlantirish, transport xizmatlari xavfsizligi, ommabopligi, ishonchliligi va barqarorligini taʼminlash, shuningdek taʼlim sifatini oshirish lozimligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, shifokorlarning jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirish, sogʻliqni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishini jadallashtirish masalalariga urgʻu berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston XDP fraksiyasi aʼzolari Davlat dasturida belgilangan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish muddati kechikkanligi, xususan, Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi ishlab chiqilmaganligi koʻrsatib oʻtdilar. Ushbu hujjatning qabul qilinishi ijtimoiy nafaqa toʻlashning mukammal tizimini joriy etish, kam daromadli oilalarga koʻmak koʻrsatish qamrovini kengaytirish hamda nafaqa tayinlashda ochiq va adolatli tizimni yaratish imkonini berishi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, toza ichimlik suvi yetib bormagan chekka hududlarda suv taʼminotini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish, bunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rolini yanada kuchaytirish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman, Davlat dasturida amalga oshirilishi nazarda tutilgan barcha vazifalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash lozimligi deputatlar tomonidan qayd etilib, bu borada zarur taklif va tavsiyalar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 322-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yilda bajarilishi yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida nazarda tutilgan, biroq bajarilmay qolgan bandlarda belgilangan vazifalarning soʻzsiz ijrosini taʼminlash yuzasidan Hukumat aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish yuzasidan qatʼiy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturidagi ijrosi taʼminlanmagan har bir bandning oʻz vaqtida bajarilmaganligi sabablarini chuqur tahlil qilish hamda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tezlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan 20 ta bandda hamda bajarilishi yuzasidan tegishli hujjat loyihalarini qabul qilish ishlari yakuniga yetkazilmagan 58 ta bandda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan tezkor qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va taʼlim muassasalarini Internet tarmogʻiga ulash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishning aniq mexanizmlarini belgilash zarurligiga alohida eʼtibor qaratish, shuningdek 2021-yil davomida ushbu muassasalarni Internetga ulash jadvallari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga, barqaror taraqqiyotni taʼminlashga, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, bandlik masalasini hal etishga, ijtimoiy infratuzilmalarni yaxshilashga xizmat qiladigan vazifalar ijrosini taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda har tomonlama asoslantirilgan, huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan, aniq ijro mexanizmiga ega, moliyalashtirish manbalari aniq boʻlgan tadbirlarni kiritishga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida belgilangan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlar, keng koʻlamli ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini partiya elektoratiga hamda keng jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida ijrosi toʻliq taʼminlanmagan bandlar hamda muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan 20 ta bandning bajarilishi ustidan oʻz partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, Davlat dasturida ijrosi toʻliq taʼminlanmagan bandlarning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazifalar ijrosini taʼminlashning borishi yuzasidan oʻtkazilgan monitoring natijalarini qoʻmita yigʻilishlarida, Hukumat vakillari ishtirokida muhokama qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha joriy yilning 20-fevral kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
713-IV-son