Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. Sharipovga “Tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining takomillashtirilishi va ijro etilishi holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. Sharipovga “Tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining takomillashtirilishi va ijro etilishi holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Ushbu Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. Sharipovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-oktabr,
523-IV-son