Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Yoshlarning taʼlim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy oʻquv yurtlari talabalariga taʼlim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B. Musayevning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Yoshlarning taʼlim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy oʻquv yurtlari talabalariga taʼlim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B. Musayev tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi yozma javob maʼlumotida qayd etilgan bandlarning ijro etilishini taʼminlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-oktabr,
521-IV-son