28.03.2009 yildagi 639-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Muhitdinovning 2008-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi maʼruzasini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, oʻtgan yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan bu yoʻnalishda muayyan ishlar olib borilgan. Oʻtkazilgan monitoringlar yakunlari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan davlat tuzilmalari tomonidan kompleks va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar koʻrilgan boʻlib, bu chora-tadbirlar natijasida ushbu tuzilmalarning norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllanish faoliyati sezilarli darajada yaxshilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga bu sohadagi mavjud salohiyat va zaxiralardan hamon talab darajasida foydalanilmoqda deb boʻlmaydi. Davlat boshqaruvi organlarining, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining bir qanchasi faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar bilan bir qatorda muayyan kamchiliklar hamda salbiy tamoyillar ham bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan huquqiy ekspertizaga taqdim etilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifati hali ham yuqori darajada emasligi kuzatilmoqda, ular baʼzan amaldagi qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga zid kelmoqda. Idoraviy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan holda qabul qilish va ijro uchun joylarga yuborish amaliyoti barham topmagan. Masalan, oʻtgan yil mobaynida 34 ta gʻayriqonuniy idoraviy hujjat aniqlangan hamda bu hujjatlar yuzasidan ularni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnomalar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilayotgan amaliy choralarga qaramay, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunchilik yoʻnalishidagi ijodkorlik faoliyatida jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda. “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining huquqiy ekspertizaning majburiyligi haqidagi talablariga qaramay, adliya organlariga ekspertizaga yuborilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari soni hamon ozligicha qolmoqda. Yangi qabul qilingan hujjatlar yuridik kuchga kirishining majburiy sharti ularning rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi ekanligiga qaramay, bunday hujjatlarni eʼlon qilish haqidagi qonun talabini mahalliy davlat hokimiyati organlari amalda beeʼtibor qoldirmoqdalar. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlariga zid yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlarga asoslangan yoki oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan holda qarorlar qabul qilinayotganligi hollari saqlanib turgan muammolarning teranligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarda amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari bilan taʼmin etilmagan havolaki normalarning koʻpligi huquqiy tartibga solishning yaxlitligi va izchilligini, normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzaro toʻldiruvchanligini taʼminlashda jiddiy muammo boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining qishloq xoʻjaligiga doir qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishidagi faoliyatida nazorat tuzilmalarining huquqni qoʻllanish amaliyoti ustidan prokuror nazorati sifatini oshirishga ehtiyoj bor. Qonun hujjatlaridagi mavjud ayrim kemtiklik va kamchiliklar huquqni qoʻllanishning xilma-xil amaliyoti shakllanishiga olib kelganligiga qaramay, prokurorlarda qonun ijodkorligiga nisbatan kuzatilayotgan pozitsiya yetarli darajada faol emas. Qonun hujjatlarini tizimlashtirish va uslubiy taʼminot sohasidagi muayyan kamchiliklar prokurorlik faoliyati samaradorligini pasaytirmoqda. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishdagi nuqsonlar, asoslantirilmagan daʼvo arizalarini kiritish hollari bu yoʻnalishdagi ishlarga prokurorlar eʼtiborini kuchaytirish zarurligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyatini yanada takomillashtirishga ehtiyoj sezilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi ayrim jihatlarining qonunchilik asoslari yaxshi ishlanmaganligicha qolmoqda. Inspektorlar profilaktika ishlarini rejalashtirishga yuzakiroq qaramoqdalar, huquqbuzarliklarga qarshi kurashning holatiga baho berish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni umumlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish sohasida ular deyarli ish olib bormayotirlar. Maʼmuriy huquqbuzarliklarning statistika hisobi yuritilmasligi va huquqni qoʻllanish amaliyotini umumlashtirishning soz tizimi yoʻqligi profilaktika faoliyatining samaradorligini aniqlashni juda qiyinlashtirmoqda. Ichki ishlar vazirining 1998-yil 4-sentabrdagi 173-sonli buyrugʻi bilan joriy etilgan tartib, mazkur tartibga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran bir yil oʻtgach yoʻq qilib yuborilishi kerak, bayonnomalar ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish yoʻli bilan ularning qonuniyligiga baho berish, shuningdek maʼmuriy preyuditsiyali jinoyatlarga doir jinoyat ishlarini koʻrishda ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etib, inson huquqlari kamsitilishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining normalarini qoʻllanish amaliyotini tubdan yaxshilash talab qilinadi. Idoraviy hujjatlarni ularni qabul qilishning va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etmagan tarzda qabul qilish hollari huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligiga salbiy taʼsir etmoqda. Bunday hujjatlarning ayrimlarida bir-biriga zid qoidalar boʻlishidan tashqari ular inspektorlarning oʻzlari huquqbuzarliklar sodir etishi uchun sharoit yaratib bermoqda ham. Sodir etilgan huquqbuzarlikni aniq koʻrsatmasdan turib, huquqbuzarlik hodisasi yuz bermagan alfozda va oʻrni-tegi yoʻq shaxslar nomiga notoʻgʻri rasmiylashtirilgan talaygina miqdordagi maʼmuriy bayonnomalar borligi, statistika koʻrsatkichlariga qoʻshib yozish va shu singari boshqa holatlar inspektorlarning oʻz ishlarining miqdor koʻrsatkichlarini turli usullar bilan sunʼiy ravishda yaxshilashga urinishi ifodasi boʻlib, ular faoliyatini baholash mezonlarini qayta koʻrib chiqishni, bunda aniqlangan huquqbuzarliklar soni emas, balki huquqbuzarliklarga qarshi kurash hal qiluvchi omil boʻlishini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ixtisosdagi pedagoglar bilan taʼminlanmaganlik, zarur yuridik adabiyotlarning yetishmasligi, elektron kutubxonalardan foydalanish uchun yetarli sharoit yoʻqligi Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari tizimi muassasalarida huquqiy taʼlim berish sohasidagi jiddiy muammo boʻlib turibdi. Normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga, ijrochilarga yetkazib berish, ularni tizimlashtirish hamda ulardan foydalanish lozim darajada tashkil etilmaganligi sababli baʼzan kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar mujassam topmagan, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlardan ham taʼlim jarayonida foydalanmoqdalar. Taʼlim muassasalari talabalarning huquqiy mavzulardagi tadbirlarga qiziqishini ragʻbatlantirishga yetarlicha eʼtibor bermayotir. Oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalardagi koʻplab xatoliklar, shuningdek Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini bajarish doirasida qabul qilinishi nazarda tutilgan ayrim qonun hujjatlarining yoʻqligi huquqiy taʼlim sifatiga va huquqiy madaniyat darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishning tashkiliy-huquqiy mexanizmini tubdan qayta koʻrib chiqish talab qilinadi. Xodimlarga qoʻyiladigan malaka talablari yoʻqligi bois Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tuman (shahar) hamda Toshkent shahri tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyalarida zimmadagi vazifani bajarish uchun zarur malakaga ega boʻlmagan kadrlar tarkibi shakllangan. Chunonchi, 2007-yilda oʻtkazilgan attestatsiya yakunlari inspeksiyalar xodimlarining 55 foizida yetarlicha malaka yoʻqligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlar inspeksiyalar faoliyati samaradorligini taʼminlashda gʻov-toʻsiq boʻlmoqda va koʻplab jiddiy kamchiliklar kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda. Xususan, huquqni gʻoyat xilma-xil tarzda qoʻllanish amaliyoti kuzatilmoqda, inspeksiyalarning xodimlari tomonidan koʻplab huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmoqdaki, bu hol ularning harakatlari va qarorlari ustidan fuqarolar berayotgan shikoyat hamda arizalar soni ortib borishiga sabab boʻlmoqda. Masalan, adliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi joiz boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari bir qator hollarda inspeksiyalar tomonidan davlat roʻyxatiga olingan, binobarin ular taqdim etgan hujjatlarga huquqiy baho berilmagan. Ariza beruvchilardan gʻayriqonuniy yigʻimlar undirish, turli imtiyozlarni qoʻllamaslik amaliyoti keng tarqalgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyalarning pogʻonalar boʻyicha tarqoqligi huquqni qoʻllanish faoliyatida jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirmoqda hamda ular ishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy taʼminlash imkoniyatini istisno etayotir. Inspeksiyalar va boshqa organlarning statistikaga taalluqli koʻrsatkichlari bir qator parametrlar boʻyicha bir-biridan anchagina farq qilishi, inspeksiyalar ichki tizimida statistika ishi bir xilda olib borilmasligi bu sohadagi ijobiy va (yoki) salbiy tamoyillarni aniqlash imkonini bermayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli mintaqalardagi inspeksiyalar xodimlari daromadidagi (ish haqi, mukofotlar va boshqalar) katta farqlar inspeksiyalarning oʻzini oʻzi moliyalashtirish mexanizmi mukammal emasligini koʻrsatmoqda. Inspeksiyalar tuman (shahar) hokimliklari tarkibida boʻlganligi tufayli ularning pul, moddiy-texnika va kadrlar resurslari hokimlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan, belgilanmagan maqsadlarga jalb etilmoqdaki, bunday hollarga qatʼiy barham berish talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha kelishuvlarni faqat bitta instansiya doirasida amalga oshirish imkonini beradigan huquqiy mexanizmlar joriy etilgan boʻlishiga qaramay, inspeksiyalar ruxsat berish uchun kerakli hujjatlarni “bitta darcha” prinsipi asosida rasmiylashtirish amaliyoti ishlashini taʼminlamayotirlar. Turli instansiyalar bilan kelishuvlar koʻpchilik hollarda tadbirkorlik subyektlarining oʻzlari tomonidan mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyalar faoliyatida tashkiliy-huquqiy muammolar taqozosi bilan yuzaga kelgan yuqoridagi kamchiliklar tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini xorij tajribasini inobatga olgan holda qayta tashkil etishni zarur qilib qoʻymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllanish faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda monitoringlar yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllanish faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarning faoliyatiga ularning javobgarligi masalasini koʻrib chiqishga qadar prinsipial baho berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklardan kelib chiqqan holda norma ijodkorligi va huquqni qoʻllanish borasidagi oʻz faoliyatlari holatini tanqidiy nuqtai nazardan koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, kelishib olish va ekspertizadan oʻtkazish tartibi yuzasidan belgilangan talablarga rioya etilishi holatini muntazam ravishda tahlil qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norma ijodkorligi borasidagi oʻz faoliyatini tahlil qilish natijalarini yilning har choragida koʻrib chiqishni amaliyotga joriy etsin hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokni faollashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazishning belgilangan tartibiga qattiq rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat samarali faoliyat yuritishini taʼminlash yuzasidan amaliy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoringlarning materiallarida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari belgilangan tartibda tayyorlanishini, kelishib olinishini hamda tegishli davlat organlariga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatining monitoring asnosida aniqlangan muammoli jihatlarini bartaraf etish yuzasidan kompleks va taʼsirchan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllanish amaliyotini tizimli asosda tahlil qilib va umumlashtirib borsin, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini ijrochilarga va aholi eʼtiboriga yetkazish, bu hujjatlarning tizimlashtirilgan asosda hisobini yuritish ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini uslubiy taʼminlash sohasidagi ishlarni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik yoʻnalishidagi ijodkorlik faoliyatini saqlanib turgan muammolardan kelib chiqqan holda tanqidiy ravishda koʻrib chiqsin, natijalari boʻyicha esa aniq maqsadga qaratilgan, aniqlangan kamchiliklarga bundan buyon yoʻl qoʻymaslikka doir choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan belgilangan tartibga soʻzsiz amal qilinishini, shuningdek bu hujjatlar rasmiy nashrlarda eʼlon etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hamda belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarning umumiy sonini adliya organlari bilan birgalikda yilning har choragi boʻyicha solishtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunchilik yoʻnalishidagi ijodkorligi va huquqni qoʻllanish faoliyatida adliya xizmatining oʻrni hamda ahamiyatini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik yoʻnalishidagi ijodkorlik faoliyati va huquqni qoʻllanish amaliyotining eng muhim jihatlari boʻyicha adliya organlari bilan oʻzaro hamkorlikni takomillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
639-I-son