Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
“2020-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3193-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 2-oktabrdagi 10-mb-son “2020-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3193, 2019-yil 4-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2019-y., 10/19/3193/3993-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2020-yil 24-apreldagi 3-mb-son “2020-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3193-1, 2020-yil 15-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 10/20/3193-1/0627-son).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-fevral,
5-mb-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2021-y., 10/21/3193-2/0109-son)