Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
3. “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
4. “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
5. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
7. “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
8. “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 477-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
9. “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
10. “Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish boʻyicha Hadli konvensiyasiga (Jeneva, 2003-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisida hisobot.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
17. “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi” yuzasidan parlament eshituvi toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
20. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
21. Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-mart,
SQ-289-II-son