Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻqqizinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻqqizinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
2. “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
3. “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
4. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlik joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. “Mardlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
8. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning uzoq muddatli ahil qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2007-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
9. “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati oʻrtasida Afgʻoniston Islom Respublikasining xavfsizligi, barqarorligi va tiklanishini taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarda Amerika Qoʻshma Shtatlarining ishtirok etishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali yuklarni va personalni havo yoʻli bilan tranzit tashish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2012-yil 28-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
10. Fargʻona viloyatining Fargʻona shahri va Fargʻona tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
12. I.V. Samiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
13. “Mamlakat mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi parlament eshituvi haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
17. Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻoniston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
18. Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
19. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
20. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
21. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
22. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
23. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
24. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-avgust,
SQ-313-II-son