Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining:
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi B.M. Roʻziyev toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Z.K. Niyazov toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining raisi oʻrinbosari A. Mirsadikov toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi M. Anarbayev toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi I.X. Najmiddinov toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.D. Toʻrayev toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 26-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi M. Sharifxodjayev toʻgʻrisida”gi qarorlari tasdiqlasin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-mart,
644-I-son