Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 16-noyabrda qabul qilingan “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
140-I-son