Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“1999-yil 26-fevralda Moskvada imzolangan Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hudud toʻgʻrisidagi Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 15-avgustda qabul qilingan “1999-yil 26-fevralda Moskvada imzolangan Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hudud toʻgʻrisidagi Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “1999-yil 26-fevralda Moskvada imzolangan Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hudud toʻgʻrisidagi Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-avgust,
233-I-son