07.01.2021 yildagi 681-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon etilgan takliflar va xulosalardan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi taʼkidlaydiki, Murojaatnoma jamiyatimizdagi barcha dolzarb masalalar va muammolarni qamrab olgan, shu bilan birga mamlakatni rivojlantirishga, jamiyatda barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladigan keng koʻlamli vazifalarni koʻzda tutuvchi yaxlit dasturiy hujjatga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotida ustuvor ahamiyat kasb etuvchi Murojaatnomada butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizda ham kuzatilgan oʻta ogʻir pandemiya sharoitida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va sotsial hayotda amalga oshirilgan ishlar, Oʻzbekistonning demokratik va iqtisodiy islohotlarni oʻtkazishdagi asosiy yutuqlari chuqur tahlil qilindi, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga ega demokratik davlat barpo etishning tamomila ochiq va shaffof fuqarolik jamiyati qurishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi. Unda bildirilgan chuqur tahliliy fikrlar, ilgari surilgan muhim tashabbus va gʻoyalar bugungi kunda oʻta dolzarb ahamiyatga ega boʻlib, yangi Oʻzbekiston taraqqiyot bosqichining poydevori sifatida xalqimiz, jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilmoqda va qizgʻin qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish lozimki, Murojaatnomada koʻtarilgan gʻoya va tashabbuslar Oʻzbekistonning milliy davlatchiligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi. Xususan, unda ijtimoiy-siyosiy jihatdan qayta qurish sohasidagi keng koʻlamli va tub islohotlar ilgari surilgan hamda har tomonlama asoslab berilgan boʻlib, ularni amalga oshirish jamiyat, davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasidagi asosiy maqsadlarimizga erishishga va pirovard natijada yurtimizning dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishiga, jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashiga koʻmaklashishi muqarrar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada ilgari surilgan aniq gʻoyalar, tashabbuslar, takliflar va belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar hamda ulardan kelib chiqib qabul qilinadigan Davlat dasturida koʻzda tutiladigan vazifalarning ijrosi soʻzsiz taʼminlanishiga erishish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar korpusi tomonidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish va amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan barcha gʻoya, tashabbus va takliflarni har tomonlama muhokama qilib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan barcha gʻoya, tashabbuslar va takliflar toʻliq qoʻllab-quvvatlansin hamda Qonunchilik palatasining kelgusi faoliyati uchun asos sifatida qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni atroflicha muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada ilgari surilgan taklif hamda tashabbuslar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni saylovchilarga atroflicha yetkazish, bu borada keng tushuntirish ishlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni har tomonlama koʻrib chiqib, ularni amalga oshirishga doir barcha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorlikda fraksiyalararo debatlar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon etilgan barcha gʻoya, taklif hamda tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Qonunchilik palatasi Kengashi muhokamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalarning 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi boʻyicha takliflarini umumlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalarning takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yilga moʻljallangan Ish rejasi loyihasini tayyorlasin hamda Qonunchilik palatasi Kengashiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
681-IV-son