Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal protokoliga kiritilgan tuzatishni (Pekin, 1999-yil 3-dekabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan “Ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal protokoliga kiritilgan tuzatishni (Pekin, 1999-yil 3-dekabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal protokoliga kiritilgan tuzatishni (Pekin, 1999-yil 3-dekabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-avgust,
231-I-son