Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
3. “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
6. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245 va 246-moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
7. “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
8. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
9. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
10. “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
11. “Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkilotining huquqiy maqomi haqidagi 2002-yil 7-oktabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Protokolni (Dushanbe, 2007-yil 6-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida hisobot.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
17. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-mart,
165-II-son