OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANKLARDA ELEKTRON AXBOROTLARNI MUHOFAZALAShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 9-iyulda 1047-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma tasdiqlansin.
2. Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti (B.J. Jumayev) Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (H. Nurmurotov) bilan birgalikda ushbu Yoʻriqnomani oʻrnatilgan tartibda Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (H. Nurmurotov) Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari va barcha tijorat banklariga ushbu Yoʻriqnomani ijro uchun yuborilishini taʼminlasin.
4. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va barcha tijorat banklari rahbarlari elektron axborotlarni muhofazalashni ushbu Yoʻriqnoma talablari asosida yuritilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qaror qonuniy kuchga kirganidan soʻng, 1996-yil 12-yanvardagi 183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklari elektron-toʻlov tizimida axborotlar muhofazalashni tashkil etish haqida metodik koʻrsatmalar” va Markaziy bank Boshqaruvining 2001-yil 19-maydagi 11/7- va 11/8-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Rais oʻrinbosari A.V. Akmalov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank raisi
vazifasini vaqtincha bajaruvchi
M.R. JUMAGALDIYEV
vazifasini vaqtincha bajaruvchi
M.R. JUMAGALDIYEV
Toshkent sh.,
2001yil 23-iyun,
14/13-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2001-yil 23-iyundagi 14/13-sonli
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Markaziy banki Boshqaruvining
2001-yil 23-iyundagi 14/13-sonli
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 36, va 51-moddalari hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasi asosida ishlab chiqilgan boʻlib Markaziy bankning 2001-yil 19-fevralda Adliya vazirligi tomonidan 1010-son bilan davlat roʻyxatiga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha hisob-kitoblar yuritish toʻgʻrisidagi Nizom”i talablari asosida ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
1. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Yoʻriqnoma banklar oʻrtasida elektron toʻlov tizimi orqali oʻtadigan axborotlarni muhofazalashning asosiy yoʻnalishlari va ularni joriy etish tartibini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Yoʻriqnomaga banklarda elektron toʻlov tizimida hisoblash texnika vositalari (keyingi oʻrinlarda HTV) bilan hujjatlarni tayyorlashda rioya etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Yoʻriqnoma bank tizimida axborotlarni muhofaza qilish vositalarining joriy etilishiga qarab aniqlanishi va toʻldirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 2. ELEKTRON TOʻLOV TIZIMIDA AXBOROTLAR BILAN IShLAShGA RUXSAT BERISh
4. Bank muassasalarida elektron toʻlov tizimi (keyingi oʻrinlarda ETT) orqali qabul qilinadigan va uzatiladigan axborotlar bilan ishlash uchun ruxsat quyidagi shaxslarga beriladi:
a) bank rahbari bilan amaldagi mehnat shartnomasiga muvofiq toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma shartnoma tuzilgan xodimga;
b) bosh buxgalterga (bosh buxgalter boʻlmagan hollarda, uning oʻrinbosariga);
Keyingi tahrirga qarang.
5. HTVga texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan shaxslar hamda HTVdan foydalanuvchilar mazkur yoʻriqnoma, texnik vositalarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish tartibini belgilovchi boshqa meʼyoriy hujjatlarni oʻrganib chiqqach, ularning bilimi tekshirib koʻrilgandan keyingina ishga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 3. BANK AXBOROTLARINI XTVDA TAYYORLASh JARAYoNIDA BANK SIRINING OShKOR ETILIShINI XIMOYALAShNI TAʼMINLASh
6. HTV shovqindan toʻsilgan, tashqaridan begonalarni kuzatishi mumkin boʻlmagan, ishonchli himoyalangan xonalarda oʻrnatiladi. Ushbu xonalar quyidagi jihozlanish talablariga javob berishi shart:
Keyingi tahrirga qarang.
a) mustahkam devorlar va ishonchli toʻsiqlarga ega boʻlishi;
b) maxsus kodli qulflar yoki boshqa ishonchli qulflar oʻrnatilgan mustahkam eshiklar bilan jihozlanishi;
v) derazalar xonaga kirishdan himoya qilish vositalariga ega boʻlishi, shuningdek, begona shaxslarning koʻz yoki maxsus qurilmalar bilan kuzatishidan himoya qiluvchi deraza pardalari, zarur hollarda, Ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari bilan bogʻlangan ogohlantirish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi.
7. HTV oʻrnatilgan xonalarga radio nuqtalar, elektr soatlar va boshqa kam quvvatli qurilmalarni oʻrnatish, hamda ulardan foydalanish taʼqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. HTV oʻrnatiladigan xonalar axborotni ishonchli muhofazalash zarurligini hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Alohida texnologik uchastkalar bir-biridan ajratiladi. Ularga kirish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 5-bandida koʻzda tutilgan shaxslargagina ruxsat beriladi, boshqa shaxslarning kirish zarurati tugʻilsa, faqat tegishli rahbarning ruxsati bilangina amalga oshiriladi. Har bir xonada faqat unga kirish huquqiga ega boʻlgan kishilargina ishlashlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Bank siri maʼlumotlari yozilgan tashqi magnit tashuvchilarni (disketalar, SD disklari, strimmer lentalari va hokazolarni) saqlashga moʻljallangan xonalar esa maxsus metall shkaflar yoki seyflar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
10. Ish faoliyati HTV bilan bogʻliq boʻlgan rahbarlar tegishli mutaxassislar va yuridik xizmat xodimlari bilan birgalikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishini taʼminlashlari zarur:
a) tegishli bankka yoki uning boʻlinmasiga taalluqli boʻlgan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar roʻyxatini aniqlash;
b) zarur hollarda, yetkazilgan zararni qoplash maqsadida, qonunchilik talablardan kelib chiqqan holda, koʻrsatilgan axborotlarga ega boʻlgan har bir xodim bilan bank siri va boshqa xizmat maʼlumotlarini sir saqlash boʻyicha majburiyatnomani imzolash;
v) tavsiyalardan kelib chiqib, axborotlarni jamlash va qayta ishlash jarayonida ularni muhofazalash maqsadida foydalanuvchilar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning HTVda ruxsat etilmagan axborotlardan foydalanishlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
g) bank siri axborotlari HTVdan chiqib ketishi, bunday maʼlumotlar oshkor qilinishini hamda HTVlarni yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishining oldini olish, qoʻshimcha nurlanish va kuzatishlar boʻlmasligi choralarini koʻrish;
d) HTVda ishlaydigan shaxslar sonini cheklash choralarini koʻrish, bank siri axborotlaridan foydalanish uchun belgilangan tartibga rioya qilish, shuningdek, HTVga qayta ishlash uchun kelib tushadigan barcha hujjatlarning harakati va but saqlanishini nazorat etish yuzasidan choralar koʻrish;
e) HTVni va dasturiy taʼminotlarni qoʻllash boʻyicha qoʻyilgan talablarga rioya qilish, HTVdan maqsadli foydalanish uchun farmoyish bilan tizim maʼmurlarini va masʼul xodimlarni tayinlash;
j) HTVni “viruslar”dan himoya qilish maqsadida kompyuter tashkil etuvchi qismlarini va dasturlarni ruxsatsiz oʻzgartirishga, ekspert tasdigʻidan oʻtmagan va foydalanishga tavsiya etilmagan dasturlarni, shuningdek, kompyuter oʻyinlarini oʻrnatishga yoʻl qoʻymaslik;
z) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining HTVlarni ishlatish jarayonida axborotlarni muhofazalash boʻyicha meʼyoriy hujjatlari talablariga rioya qilishni nazorat etish;
i) muntazam ravishda xodimlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
k) HTV joylashgan xonalarga kirib-chiqishni takomillashtirish boʻyicha nazorat-ruxsatnoma tartibini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
11. HTV bilan ishlaydigan shaxslar quyidagilarni bajarishlari shart:
a) HTVdan foydalanishda axborotlarni muhofazalash tartibi talablarini mukammal bilish va soʻzsiz bajarish;
b) HTVda maʼlumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish, qayta ishlash va qayta ishlash natijalarini olish hamda HTVni taʼmirlash-profilaktik ishlarni bajarishda belgilangan tartibiga rioya qilish;
v) axborotlarni oʻzida saqlovchi kompyuterlar va ulardagi hujjatlarning ishonchli saqlanishini taʼminlash;
g) bank siri axborotlari uchun belgilangan ruxsat berish tartibiga rioya etish;
d) elektron arxiv saqlanadigan xonaga ruxsatsiz kirish uchun urinishlar, axborotlarning chiqib ketishi va buzilishiga doir barcha hollar toʻgʻrisida zudlik bilan tegishli shaxslarni (bank rahbari va Markaziy bankni) xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 4. YAKUNIY QOIDALAR
12. Mazkur Yoʻriqnoma Respublika bank tizimida HTV orqali elektron hujjatlarga ishlov berishni tashkil etishda axborot muhofazasini taʼminlash hisoblanib, HTV yordamida hujjatlarni qayta ishlovchi barcha banklar uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 13-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 450-modda; 2006-y., 6-7-son, 45-modda; 19-son, 165-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/1047-4/3638-son)