Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020 09.07.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1047
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020
Hujjat 16.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANKLARDA ELEKTRON AXBOROTLARNI MUHOFAZALAShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 9-iyulda 1047-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti (B.J. Jumayev) Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (H. Nurmurotov) bilan birgalikda ushbu Yoʻriqnomani oʻrnatilgan tartibda Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (H. Nurmurotov) Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari va barcha tijorat banklariga ushbu Yoʻriqnomani ijro uchun yuborilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va barcha tijorat banklari rahbarlari elektron axborotlarni muhofazalashni ushbu Yoʻriqnoma talablari asosida yuritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror qonuniy kuchga kirganidan soʻng, 1996-yil 12-yanvardagi 183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklari elektron-toʻlov tizimida axborotlar muhofazalashni tashkil etish haqida metodik koʻrsatmalar” va Markaziy bank Boshqaruvining 2001-yil 19-maydagi 11/7- va 11/8-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Rais oʻrinbosari A.V. Akmalov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi
vazifasini vaqtincha bajaruvchi
M.R. JUMAGALDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14/13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2001-yil 23-iyundagi 14/13-sonli
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi hamda “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq banklararo elektron toʻlov tizimi orqali oʻtadigan axborotlarni muhofazalashni taʼminlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/10-sonli (roʻyxat raqami 1047-3, 06.05.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 19-son, 165-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻlov tizimining subyektlari banklararo elektron toʻlov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash boʻyicha shu jumladan, elektron toʻlov hujjatlaridan ruxsatsiz foydalanish, ularga oʻzgartirishlar kiritish, ularni yoʻqotish, yoʻq qilish va toʻsib qoʻyishdan muhofaza etishni taʼminlash boʻyicha ushbu yoʻriqnomada belgilangan talablarga rioya etishlari kerak.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Banklararo elektron toʻlov tizimida texnika vositalari (keyingi oʻrinlarda — TV) bilan elektron hujjatlarni tayyorlashda mazkur yoʻriqnoma talablariga rioya etilishi shart.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Yoʻriqnoma bank tizimida axborotlarni muhofaza qilish vositalarining joriy etilishiga qarab aniqlanishi va toʻldirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklararo toʻlov tizimi subyektlari toʻlov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlashning qoʻshimcha vositalari va usullarini belgilashlari mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. ELEKTRON TOʻLOV TIZIMIDA AXBOROTLAR BILAN IShLAShGA RUXSAT BERISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bank muassasalarida elektron toʻlov tizimi (keyingi oʻrinlarda ETT) orqali qabul qilinadigan va uzatiladigan axborotlar bilan ishlash uchun ruxsat quyidagi shaxslarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bank rahbari bilan amaldagi mehnat shartnomasiga muvofiq toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma shartnoma tuzilgan xodimga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bosh buxgalterga (bosh buxgalter boʻlmagan hollarda, uning oʻrinbosariga);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotdan axborot mulkdorining ruxsatisiz foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/10-sonli (roʻyxat raqami 1047-3, 06.05.2006-y.) qarori asosida yangi xat boshi bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2006-y., 19-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TVga texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan shaxslar hamda TVdan foydalanuvchilar mazkur yoʻriqnoma, texnik vositalarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish tartibini belgilovchi boshqa meʼyoriy hujjatlarni oʻrganib chiqqach, ularning bilimi tekshirib koʻrilgandan keyingina ishga qoʻyiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. BANK AXBOROTLARINI XTVDA TAYYORLASh JARAYoNIDA BANK SIRINING OShKOR ETILIShINI XIMOYALAShNI TAʼMINLASh
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. TV shovqindan toʻsilgan, tashqaridan begonalarni kuzatishi mumkin boʻlmagan, ishonchli himoyalangan xonalarda oʻrnatiladi. Ushbu xonalar quyidagi jihozlanish talablariga javob berishi shart:
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mustahkam devorlar va ishonchli toʻsiqlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus kodli qulflar yoki boshqa ishonchli qulflar oʻrnatilgan mustahkam eshiklar bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) derazalar xonaga kirishdan himoya qilish vositalariga ega boʻlishi, shuningdek, begona shaxslarning koʻz yoki maxsus qurilmalar bilan kuzatishidan himoya qiluvchi deraza pardalari, zarur hollarda, Ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari bilan bogʻlangan ogohlantirish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. TV oʻrnatilgan xonalarga radio nuqtalar, elektr soatlar va boshqa kam quvvatli qurilmalarni oʻrnatish, hamda ulardan foydalanish taʼqiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. TV oʻrnatiladigan xonalar axborotni ishonchli muhofazalash zarurligini hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Alohida texnologik uchastkalar bir-biridan ajratiladi. Ularga kirish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 5-bandida koʻzda tutilgan shaxslargagina ruxsat beriladi, boshqa shaxslarning kirish zarurati tugʻilsa, faqat tegishli rahbarning ruxsati bilangina amalga oshiriladi. Har bir xonada faqat unga kirish huquqiga ega boʻlgan kishilargina ishlashlari zarur.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bank siri maʼlumotlari yozilgan tashqi magnit tashuvchilarni (disketalar, SD disklari, strimmer lentalari va hokazolarni) saqlashga moʻljallangan xonalar esa maxsus metall shkaflar yoki seyflar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ish faoliyati TV bilan bogʻliq boʻlgan rahbarlar tegishli mutaxassislar va yuridik xizmat xodimlari bilan birgalikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishini taʼminlashlari zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tegishli bankka yoki uning boʻlinmasiga taalluqli boʻlgan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar roʻyxatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zarur hollarda, yetkazilgan zararni qoplash maqsadida, qonunchilik talablardan kelib chiqqan holda, koʻrsatilgan axborotlarga ega boʻlgan har bir xodim bilan bank siri va boshqa xizmat maʼlumotlarini sir saqlash boʻyicha majburiyatnomani imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tavsiyalardan kelib chiqib, axborotlarni jamlash va qayta ishlash jarayonida ularni muhofazalash maqsadida foydalanuvchilar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning TVda ruxsat etilmagan axborotlardan foydalanishlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank siri axborotlari TVdan chiqib ketishi, bunday maʼlumotlar oshkor qilinishini hamda TVlarni yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishining oldini olish, qoʻshimcha nurlanish va kuzatishlar boʻlmasligi choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) TVda ishlaydigan shaxslar sonini cheklash choralarini koʻrish, bank siri axborotlaridan foydalanish uchun belgilangan tartibga rioya qilish, shuningdek, TVga qayta ishlash uchun kelib tushadigan barcha hujjatlarning harakati va but saqlanishini nazorat etish yuzasidan choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) TVni va dasturiy taʼminotlarni qoʻllash boʻyicha qoʻyilgan talablarga rioya qilish, TVdan maqsadli foydalanish uchun farmoyish bilan tizim maʼmurlarini va masʼul xodimlarni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) TVni “viruslar”dan himoya qilish maqsadida kompyuter tashkil etuvchi qismlarini va dasturlarni ruxsatsiz oʻzgartirishga, ekspert tasdigʻidan oʻtmagan va foydalanishga tavsiya etilmagan dasturlarni, shuningdek, kompyuter oʻyinlarini oʻrnatishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining TVlarni ishlatish jarayonida axborotlarni muhofazalash boʻyicha meʼyoriy hujjatlari talablariga rioya qilishni nazorat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) muntazam ravishda xodimlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) TV joylashgan xonalarga kirib-chiqishni takomillashtirish boʻyicha nazorat-ruxsatnoma tartibini ishlab chiqish va amalga oshirish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. TV bilan ishlaydigan shaxslar quyidagilarni bajarishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) TVdan foydalanishda axborotlarni muhofazalash tartibi talablarini mukammal bilish va soʻzsiz bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) TVda maʼlumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish, qayta ishlash va qayta ishlash natijalarini olish hamda TVni taʼmirlash-profilaktik ishlarni bajarishda belgilangan tartibiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) axborotlarni oʻzida saqlovchi kompyuterlar va ulardagi hujjatlarning ishonchli saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank siri axborotlari uchun belgilangan ruxsat berish tartibiga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektron arxiv saqlanadigan xonaga ruxsatsiz kirish uchun urinishlar, axborotlarning chiqib ketishi va buzilishiga doir barcha hollar toʻgʻrisida zudlik bilan tegishli shaxslarni (bank rahbari va Markaziy bankni) xabardor qilish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-1. Bank telekommunikatsiya tarmogʻi orqali davlat siri toifasiga kiruvchi maʼlumotlar uzatilishi qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-2. Markaziy bank farmoyishi va muvofiqlashtirilgan reja-jadvali asosida tijorat banklarida amalga oshirilayotgan tekshirishlar va oʻrganishlar vaqtida, tekshiruvchilarga qogʻoz hujjatlar bilan bir qatorda elektron maʼlumotlardan (elektron hujjatlar, elektron baza, elektron arxiv) ham bank binosidan olib chiqib ketmaslik sharti bilan foydalanishga ruxsat etiladi.
(11-1 va 11-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004-yil 2-oktabrdagi 21/10-son qarori (roʻyxat raqami 1047-1, 22.10.2004-y.) asosida kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 450-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. YAKUNIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Yoʻriqnoma Respublika bank tizimida TV orqali elektron hujjatlarga ishlov berishni tashkil etishda axborot muhofazasini taʼminlash hisoblanib, TV yordamida hujjatlarni qayta ishlovchi barcha banklar uchun majburiydir.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/9-sonli (roʻyxat raqami 1047-2, 08.02.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 45-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 13-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 450-modda; 2006-y., 6-7-son, 45-modda; 19-son, 165-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/1047-4/3638-son)