Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Elektron ovoz berish tizimining ishini nazorat qiluvchi guruh toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun quyidagi tarkibda guruh tuzilsin:
|
Kurbanov Oʻktamboy Kuchkorovich |
— |
Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokim (guruh rahbari) |
|
Berdiyeva Zaynab Fayzillayevna |
— |
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 20-umumtaʼlim maktabi direktori |
|
Yuldashev Sharipdjon |
— |
Fargʻona viloyati “Qoʻqon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati direktori |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-avgust,
SQ-43-III-son