Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻqqizinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻqqizinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
|
Toshev Farmon Isxakovich |
— |
“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri (Kotibiyat rahbari) |
|
Abdullayev Ulugbek Anvarovich |
— |
Izboskan tumani hokimi, Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
Adizov Zamir Narzulloyevich |
— |
Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji direktori |
|
Bahromov Isoxon Nosirovich |
— |
Angor tumanidagi “Saidnosirxon” fermer xoʻjaligi rahbari |
|
Sanaqulov Quvondiq |
— |
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-avgust,
SQ-311-II-son