03.12.2015 yildagi SQ-61-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan Budjetnomani, shu jumladan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozini, Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari konsepsiyasining loyihalarini koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 97-moddasiga muvofiq qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 11-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 276-III-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilinsin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning barqaror oʻsishini ragʻbatlantirishga, aholi farovonligini oshirishga va inflatsiya darajasini maqsadli prognoz koʻrsatkichlari doirasida saqlashga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali xususiy mulkning roli va oʻrnini yuksaltirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ishonchli himoya qilinishini taʼminlash hamda yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada koʻpaytirishga doir islohotlarni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotga va aholi daromadlariga tushadigan soliq yukini yanada kamaytirishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida uning ragʻbatlantiruvchi rolini oshirishga qaratilgan soliq hamda pul-kredit siyosatini izchil amalga oshirishga doir chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishini, uy-joy-kommunal xoʻjaliklarini rivojlantirish surʼatlarini tezlashtirish hamda kengaytirishga, shuningdek sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir dasturlarning roʻyobga chiqarilishini jadallashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnologiyalarni ildam surʼatlarda rivojlantirish va modernizatsiyalashni, faol oʻzlashtirish hamda joriy etishni, shuningdek jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan tarmoq va korxonalarni aniq yoʻnaltirilgan holda qoʻllab-quvvatlashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruv tizimining prinsip va yondashuvlaridagi oʻzgarishlar davom ettirilishini, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarining joriy etilishini, korporativ boshqaruvning namunaviy tuzilmalari yaratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorni zarur isteʼmol tovarlari hamda butlovchi buyumlar bilan toʻldirish, aholini ish bilan taʼminlash muammolarini hal qilish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj oilalarning maqsadli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini kuchaytirish orqali keksa yoshdagi insonlar va nogironlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga doimo eʼtibor berish chora-tadbirlarini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilning 1-yanvar holatiga koʻra aylanma kassa mablagʻining zarur miqdoridan ortiq boʻlgan respublika budjetining boʻsh qoldiqlari va boshqa noinflatsion manbalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan tegishli parametrlari bajarilishini taʼminlasin, mintaqalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin, budjet mablagʻlaridan manzilli, maqsadli va samarali foydalanilayotganligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-61-III-son