Oʻzbekiston Respublikasining
Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 6-yanvarda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 6-yanvarda maʼqullangan
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda, № 8, 383-modda; 2018-yil, № 10, 674-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom, prinyatim” degan soʻzlar “zakonami, prinyatimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 33-moddaning ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan soʻz “zakonami” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 85-modda toʻrtinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan soʻz “zakonodatelnimi aktami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 86-modda beshinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan soʻz “zakonodatelnimi aktami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 93-modda birinchi qismi 16-bandining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 98-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 100-modda sakkizinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonunlariga” degan soʻz “qonunchiligiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo maʼmuriy sudlardan iboratdir”;
9) 117-modda sakkizinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “qonunlarga” degan soʻz “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-fevral,
OʻRQ-671-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son)