Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON YENGIL SANOAT MOLLARI IShLAB ChIQARISh DAVLAT UYuShMASI (“OʻZBEKYENGILSANOAT”) BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA UNING KORXONALARI VA TAShKILOTLARINI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yengil sanoatni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy etish, mulkchilikning jamoa shakllarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) Kengashi va “Oʻzbektoʻqimachi”, “Oʻzbekkiyim”, “Oʻzbekpoyabzal” va “Oʻzbekchinni” konsernlari Kengashlarining takliflarini eʼtiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekyengilsanoat” tarkibiga kiruvchi “Oʻzbektoʻqimachi”, “Oʻzbekkiyim”, “Oʻzbekpoyabzal” va “Oʻzbekchinni” konsernlari tugatilsin.
Tugatilgan konsernlarning birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari ularda boshqa ixtiyoriy xoʻjalik uyushmalarida qatnashish huquqi saqlab qolingan holda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Uyushma ishchi apparati xodimlarining eng koʻp soni 110 nafardan iborat qilib belgilansin (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bunga kirmaydi). Uyushmaga raisning toʻrt nafar oʻrinbosariga, shu jumladan bitta birinchi oʻrinbosariga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Uyushmaga xodimlarning belgilangan soni doirasida ishchi apparatning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgarishlar kiritish huquqi berilsin.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlariga respublika vazirliklari va idoralarining tegishli xodimlari uchun belgilangan moddiy-maishiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari tatbiq qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi va “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining yengil sanoat korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Yengil sanoat davlat korxonalarini 1992-1993-yillarda mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 179-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi:
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga davlatga tegishli ulushlar (hissalar, aksiyalarga muvofiq aksionerlik jamiyatlari, boshqa jamiyatlar va shirkatlarning faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini berishni;
davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida aksionerlik jamiyatlariga ularning rivojlanishi uchun berishni amaliyotga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga 15 foizidan respublikada paxta tolasini qayta ishlashni koʻpaytirish uchun ip gazlama tarmogʻining yangi korxonalarini tashkil etish uchun hamda 5 foizidan boʻshab qolgan xodimlarni qayta tayyorlash va qishloq joylarda yangi ish joylari tashkil etish uchun foydalangan holda uyushma korxonalarining davlat mulkini sotib olish, sotishdan budjetga tushishi kerak boʻlgan mablagʻlar umumiy summasidan 20 foizini ajratish hisobiga maxsus jamgʻarma tashkil etishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga oʻz tarkibida mulkchilikning davlatga taalluqli boʻlmagan korxonalari mol-mulkini boshqarish boʻyicha koʻngilli aksionerlik xolding kompaniyalari tashkil etish tavsiya qilinsin.
8. Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”):
mazkur qarorga muvofiq uyushma Ustaviga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
bir oy muddat ichida qayta aylantirishning mehnat jamoalari tomonidan tanlangan tashkiliy-huquqiy shakllarini koʻrsatgan holda 1992-1993-yillarda davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga moʻljallanayotgan korxonalar va tashkilotlarning obyektma-obyekt roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki qoʻmitasiga taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining;
“Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 17-maydagi 135-son;
“Chinni buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekchinni” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 17-maydagi 137-son;
“Tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekkiyim” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 17-maydagi 138-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Voznenko va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin. Mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida, keyinchalik esa yilning har choragida bir marta koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-noyabr,
558-son