Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2006-yil 25-oktabrda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator toʻgʻrisida”gi;
2006-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Sh. Nurmatov toʻgʻrisida”gi;
2006-yil 29-noyabrda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2006-yil 29-noyabrda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi S. Begaliyev toʻgʻrisida”gi;
2006-yil 29-noyabrda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi V.P. Kucherov toʻgʻrisida”gi”.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-dekabr,
279-I-son