Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti aʼzoligiga tiklanishi haqidagi Bayonnomani (Sochi, 2006-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti aʼzoligiga tiklanishi haqidagi Bayonnomani (Sochi, 2006-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti aʼzoligiga tiklanishi haqidagi Bayonnomani (Sochi, 2006-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-dekabr,
273-I-son