Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning uzoq muddatli ahil qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2007-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 8-avgustda qabul qilingan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning uzoq muddatli ahil qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2007-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning uzoq muddatli ahil qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2007-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-avgust,
SQ-321-II-son