Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-dekabr,
131-II-son