05.02.2021 yildagi 56-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga va “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga uzoq muddatli mablagʻlarni joylashtirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari va qarz oluvchilarga nisbatan belgilanadigan muvofiqlik mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish va ajratish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti monitoringini olib borish va kreditlarni qaytarish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Manfaatdor tijorat banklariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish boʻyicha ichki tartiblarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi (keyingi oʻrinlarda — yangi tartib) doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar) ipoteka kreditlari ajratish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi uy-joy bozorida koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni (keyingi oʻrinlarda — kvartiralar) sotib olishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlarini ajratishda;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ulushdor-jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarini Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan qayta moliyalashtirishda qoʻllaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom qoidalari quyidagilarga nisbatan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining (keyingi oʻrinlarda — bank) ichki kredit siyosatiga muvofiq oʻz mablagʻlari (yangi tartib doirasida ulushdor-jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari bundan mustasno), xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hamda boshqa jalb qilingan mablagʻlar hisobidan jismoniy shaxslarga uy-joy (kvartira) sotib olish, qurish (rekonstruksiya qilish), taʼmirlash uchun ipoteka kreditlari ajratishga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan belgilangan tartib va shartlar, banklarning ichki siyosati, shuningdek, mazkur tashkilot va banklar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida uning mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlari ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ruxsat olib, lekin keyinchalik birlamchi bozorda sotish maqsadida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni ipoteka kreditlari orqali sotishga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — birlamchi uy-joy bozorida kvartirani sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida ipoteka krediti olish uchun bankka ariza taqdim etgan fuqaro;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi uy-joy bozori (yangi qurilgan uy-joy) — tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida mulk huquqi yuzaga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan koʻp boʻlmagan uy-joy;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchining ipoteka krediti asosiy summasi va kredit boʻyicha hisoblangan foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha solidar javob beradigan jismoniy shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich badal — sotib olinadigan kvartiraning yoki quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joy qiymatining ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan meʼyorlarda shakllantiriladigan qismi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti — aholiga birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan banklar tomonidan bozor tamoyillari asosida ajratiladigan kreditlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi bozorda tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga (rekonstruksiya qilishga) Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditini taqdim etuvchi banklar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkiloti — koʻp kvartirali uylarni yoki yakka tartibdagi uy-joylarni oʻz mablagʻlari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshiruvchi hamda birlamchi uy-joy bozorida qurilgan kvartiralarni sotish uchun taklif etuvchi tadbirkorlik subyekti;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar hamda fuqaroning oʻz kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotlarini yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyning hisoblangan qiymati — kvartira xonalari sonidan qatʼi nazar uning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda maydonining eng koʻp meʼyoridan kelib chiqib belgilanadigan qiymat;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — birlamchi uy-joy bozoridagi kvartirani sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka krediti olgan va kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini ega fuqaro;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) — fuqaroning belgilangan tartibda umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha asosida (keyingi oʻrinlarda — loyiha asosida) fuqaroning oʻz kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotini yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilarni yollagan holda yakka tartibdagi uy-joy qurish, uning meʼmorchilik-rejalashtirish yechimlarini oʻzgartirish, uyning ustiga, yoniga qoʻshimcha qurish, eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan, tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda oʻzgartirish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratish banklar va ularning filiallari tomonidan mazkur Nizomga va banklarning ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan Moliya vazirligidan mablagʻlar jalb qilish, ushbu mablagʻlar hisobidan fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratish, kredit boʻyicha foiz stavkasini aniqlash, kreditlarni belgilangan muddatlarda qaytarish shartlari banklar va Moliya vazirligi oʻrtasida tuziladigan Bosh bitim va shartnomalarda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablagʻlar va banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga bozor (foiz) stavkasida ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha qoida tariqasida annuitet toʻlovlar tartibi tatbiq etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz toʻlovlaridagi oʻzgarishlar Markaziy bank asosiy stavkasining pasaytirilishi amalga kiritilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchilarga ularning xohishiga koʻra 6 oylik imtiyozli davr bilan va kredit toʻlovlari boʻyicha differensial toʻlovlar tartibi tatbiq etilishi, shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha ham ushbu shartlar belgilanishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushdor-jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari ulush kiritish asosida qurilgan koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng yangi tartib doirasida belgilangan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdoridan oshmagan miqdorda qayta moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar banklar tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkasi pasaytirilmagan taqdirda, bankning ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkasini pasaytirilmaslik natijasida olgan foiz daromadining ikki baravari miqdorida jarima hisoblagan holda uning barcha hisobvaraqlaridan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar (undirish kuniga hisoblangan foizlar bilan birga) soʻzsiz undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartlar Moliya vazirligi va banklar oʻrtasidagi Bosh bitim va shartnomalarda hamda banklar va qarz oluvchilar oʻrtasidagi ipoteka krediti shartnomalarida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yangi tartib doirasida koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish va yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlarini ajratish ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Banklarga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlari va ularga mablagʻlar ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda banklarga quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartib mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poorʼs” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moodyʼs Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan mablagʻlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan ipoteka krediti berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshlarida nazarda tutilgan hujjatlar banklar tomonidan, yettinchi xatboshida keltirilgan maʼlumotlar Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi banklarning muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan banklarning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan soʻng Moliya vazirligi muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi banklar bilan ipoteka kreditlari uchun mablagʻlar ajratish yuzasidan Bosh bitim tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablagʻlar bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bosh bitimga muvofiq Moliya vazirligi mablagʻlarni banklarga bozor shartlari asosida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda banklarga joylashtiriladigan mablagʻlarning bozor stavkasi Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan banklarga joylashtirilgan depozitlar, davlat qimmatli qogʻozlari, boshqa vositalar va operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlarning foiz stavkasini aniqlashda foydalaniladigan moliyaviy operatsiya va maqsadli koʻrsatkichlar turlari Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishgan holda inflyatsiyaning joriy va kutilayotgan darajasi hamda pul bozoridagi shart-sharoitlarni inobatga olgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Moliya vazirligi tomonidan banklarga mablagʻlar joylashtirishdan olingan daromadlar (foizlar) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Banklar Bosh bitimga muvofiq ipoteka kreditlari uchun fuqarolardan tushgan real talabni inobatga olgan holda asoslangan hisob-kitoblar bilan birga ipoteka kreditlari uchun mablagʻlar ajratish boʻyicha Moliya vazirligiga shartnoma tuzish yuzasidan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat kiritilgandan soʻng banklar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan fuqarolarning uy-joyga boʻlgan talabini oʻz vaqtida qondirish maqsadida ajratilgan ipoteka kreditlari Moliya vazirligidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Banklardan ipoteka kreditlari ajratish boʻyicha buyurtmanomalar qabul qilingandan soʻng Bosh bitim doirasida Moliya vazirligi banklar bilan ajratiladigan mablagʻ miqdori, foiz stavkasi va moliyalashtirishning boshqa shartlarini nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolaydi hamda oʻn ish kuni mobaynida shartnomada nazarda tutilgan mablagʻlarni tegishli bankka oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar ushbu mablagʻlar olingan sanadan boshlab uch oy mobaynida ipoteka kreditlari berish uchun foydalanilmagan taqdirda, bank foydalanilmagan mablagʻlarni ushbu davr tugashidan oldingi sanagacha shartnomada koʻrsatilgan foizlar bilan birga Moliya vazirligiga qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilmagan mablagʻlar bank tomonidan Moliya vazirligiga belgilangan uch oy muddatda qaytarilmagan taqdirda, qaytarilmagan mablagʻlar ular olingan sanadan boshlab haqiqatda qaytarish sanasiga boʻlgan davr uchun shartnomada koʻrsatilgan foiz stavkasi ikki baravar miqdorda hisoblangan holda toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tegishli bank tomonidan moliya yili mobaynida ikki marta Moliya vazirligi mablagʻlarining 50 foizdan ortiq qismi ipoteka kreditlari berish uchun belgilangan uch oy muddat mobaynida foydalanilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, Moliya vazirligi ushbu bankka keyingi uch oy muddatga mablagʻ ajratilishini vaqtincha toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Moliya vazirligidan olingan mablagʻlar ular hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlari qarz oluvchilar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish muddatidan qatʼi nazar banklar tomonidan Bosh bitim, shartnomalar va ularga ilova qilingan qaytarish grafiklariga asosan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarz yuki koʻrsatkichi (ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 foizdan yuqori boʻlmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ipoteka krediti olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda (shu jumladan, boshlangʻich badalning bir qismi uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslar boʻyicha subsidiya summasini inobatga olgan holda) boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi;
(16-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi;
(16-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sotib olinadigan kvartira yoki quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati ushbu band bilan belgilangan boshlangʻich badal va ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori summasidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (toʻlash) imkoniyatiga ega boʻlishi;
(16-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ipoteka kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqiga va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʻlishi.
(16-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitoblarida qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning oʻrtacha oylik daromadini aniqlashda quyida keltirilgan tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya toʻlovlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari boʻyicha deklaratsiya;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar.
(18-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning oʻrtacha oylik daromadini aniqlashda kredit byurodan yoki boshqa rasmiy manbalardan mustaqil ravishda olingan, qarz oluvchining daromadlarini aniqlash imkonini beruvchi maʼlumotlardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning qarz yuki koʻrsatkichi belgilangan meʼyordan yuqori boʻlganda, uning bank oldidagi qarz majburiyatini taʼminlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasining 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki koʻrsatkichini hisoblashda qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qarz oluvchi oʻz tanlovlari asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ipoteka kreditini ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ipoteka krediti banklar tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qarz oluvchining ipoteka kreditini qaytarish boʻyicha majburiyati taʼminoti sifatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinayotgan kvartira;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) uy-joy garovi yoki boshqa taʼminot turlari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulushdor-jismoniy shaxslar ipoteka krediti boʻyicha taʼminot sifatida bankning ichki kredit siyosatiga asosan pudrat tashkilotining yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mol-mulkdan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kredit olish vaqtida pudrat tashkilotining mol-mulki yoki boshqa taʼminot turi taqdim etilgan boʻlsa, uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) yakunlanib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan soʻng kredit boʻyicha taʼminot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bank Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali subsidiya olish uchun ariza beruvchining kreditga layoqatliligi boʻyicha yuborilgan soʻroviga javoban mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligi doirasida uning toʻlov qobiliyati, unga berilishi mumkin boʻlgan ipoteka krediti va sotib olinishi mumkin boʻlgan kvartiraning yuqori qiymati hamda xulosa berish vaqtida kredit tashkilotlari oldida muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qarz oluvchiga berilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditining yuqori miqdori qarz yuki koʻrsatkichi boʻyicha ushbu Nizomning 16-bandi “v” kichik bandida belgilangan meʼyordan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda pudrat tashkilotlari tomonidan yangi tartib doirasida tayyor holda topshirish shartlari bilan qurib bitkazilgan, qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun berilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketmasligi lozim.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sotib olinadigan kvartira va quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan boshlangʻich badalning minimal miqdori va 28-bandiga muvofiq berilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bank tomonidan Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beruvchining subsidiya olish haqidagi murojaatini koʻrib chiqishda uning kreditga layoqatliligi boʻyicha ijobiy xulosa berilgandan soʻng ariza beruvchi ushbu bankka subsidiya xabarnomasini ilova qilgan holda bankning xulosasida belgilangan berilishi mumkin boʻlgan ipoteka krediti miqdoridan oshmagan summada ipoteka kreditini olish toʻgʻrisida murojaat qilganda, unga toʻlovga layoqatsizlik vaji bilan kredit berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya xabarnomasini olgan fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etayotgan davrda ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlariga toʻliq javob bermay qolgan hollarda bank ajratiladigan ipoteka krediti miqdorini kamaytirishi yoki ipoteka krediti ajratishni rad etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan taqdirda, bankning masʼul xodimi unga ipoteka kreditining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha izoh beradi, talab etiladigan barcha hujjatlar roʻyxati va taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qarz oluvchi bankka ipoteka krediti olish uchun ariza va ushbu Nizomga hamda bankning ichki kredit siyosatiga asosan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya xabarnomasiga ega boʻlgan qarz oluvchi bankka qoʻshimcha ravishda mazkur xabarnomani ham taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka krediti olish boʻyicha buyurtmanomaga qarz oluvchining yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat, yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha smeta hujjati, pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma hamda ipoteka kreditini qaytarish boʻyicha majburiyat taʼminotini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tayyor holda topshirish sharti bilan qurib bitkazilgan koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan fuqarolarga ipoteka krediti banklar tomonidan quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bozor stavkasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) boshlangʻich badali sotib olinadigan kvartira va yakka tartibda qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bir qarz oluvchiga beriladigan ipoteka kreditlari uy-joy hisoblangan qiymatining 85 foizidan oshmaydigan miqdorda.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qarz oluvchi tomonidan bankka 20 yildan kam muddatga va (yoki) ushbu Nizomning 28-bandida belgilangandan koʻproq miqdordagi boshlangʻich badalni toʻlagan holda ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etilganda, arizani koʻrib chiqish hamda kredit ajratish ushbu Nizomga va bankning ichki kredit siyosatida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sotib olinadigan kvartira yoki yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning qiymati ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qiymatning ortgan qismini shakllantirish (toʻlash) uchun banklar tomonidan qarz oluvchiga ushbu Nizomga asosan Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka va boshqa kreditlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi bankning ichki siyosatiga asosan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlarning foiz stavkasi hamda bank marjasini inobatga olgan holda qarz oluvchi va bank oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga muvofiq ipoteka krediti shartnomasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiya ajratilgan ipoteka kreditining foiz stavkasi yangi tartib doirasida boshqa shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarining foiz stavkalaridan yuqori boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kredit hujjatlari toʻliq shakllantirilgandan soʻng qarz oluvchi oʻz mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badalni, shuningdek, ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya xabarnomasiga ega boʻlgan qarz oluvchilar boshlangʻich badalning oʻzi tomonidan shakllantirilishi lozim boʻlgan qismini bankdagi tegishli hisobvaraqda shakllantirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun beriladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati hisobga olinishi mumkin.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sotib olinadigan kvartira yoki qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati qarz oluvchi toʻlagan boshlangʻich badal bilan unga beriladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori yigʻindisidan ortgan hollarda qiymatning ortgan qismi uchun mablagʻlar qarz oluvchi tomonidan bankdagi tegishli hisobvaraqqa oʻtkaziladi yoki bankka ushbu summa toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan va mablagʻlar shakllantirilgandan soʻng bank uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini koʻrib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bank tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uch ish kunida qarz oluvchiga ipoteka krediti berishni rad etishning sabablari aniq va tushunarli koʻrsatilgan holda yozma xulosa yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qarz oluvchi bank xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi ariza bilan bankka qayta murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qarz oluvchiga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, bank uch ish kunida bu haqida qarz oluvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda bank tomonidan qarz oluvchiga tanishib chiqish va oʻzi bilan olib ketishi mumkin boʻlgan ipoteka krediti shartnomasi va kreditning qaytarish jadvali loyihasi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Subsidiya xabarnomasi mavjud boʻlganda, bank hududiy moliya boʻlimlariga qarz oluvchi boshlangʻich badalining bir qismini qoplash uchun xabarnomani yuboradi. Moliya boʻlimlari ikki ish kunida ushbu xabarnomani roʻyxatdan oʻtkazadi hamda unga asosan tegishli buyurtmanoma va toʻlov topshiriqnomasini shakllantirib hududiy gʻaznachilik boʻlimlariga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy gʻaznachilik boʻlimlari Moliya boʻlimlaridan tegishli buyurtmanoma va toʻlov topshiriqnomasini olgan kundan boshlab bir ish kunida boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya mablagʻlarini bankka oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Hududiy gʻaznachilik boʻlimlari tomonidan boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya oʻttiz kunda bankka oʻtkazib berilmaganda, qarz oluvchiga ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtirish vaqtincha toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bank tomonidan qarz oluvchiga shakllantirilmagan boshlangʻich badalning bir qismini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash boʻyicha aniq muddat koʻrsatilgan yozma ogohlantirish xati yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ijobiy qaror qabul qilingan ipoteka krediti boʻyicha (subsidiya xabarnomasiga ega qarz oluvchilar uchun subsidiya bankka oʻtkazib berilgandan soʻng) bir ish kunida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan tartibda pudrat tashkiloti bilan kvartiraning oldi-sotdi yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) shartnomasi rasmiylashtiriladi;
(40-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) oʻrtasida ipoteka krediti shartnomasi rasmiylashtiriladi va bitta asl nusxasi kreditni qaytarish jadvali bilan birga qarz oluvchiga taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarz oluvchi oʻz hisobiga va ipoteka krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda sotib olinayotgan kvartira yoki qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) yakka tartibdagi uy-joy va u joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq boʻyicha garov shartnomasi hamda sugʻurta tashkiloti bilan ipoteka predmetini tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish shartnomasini tuzadi. Bunda sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofoti har yili toʻlanishi nazarda tutilishi mumkin;
(40-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ipoteka shartnomasi tuziladi. Ipoteka shartnomasi, shuningdek, qonun asosida yuzaga kelgan ipoteka belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bankning ipoteka krediti berish boʻyicha majburiyati qarz oluvchi tomonidan bankka ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish shartnomasi hamda sugʻurta polisi taqdim etilgandan, shuningdek, ipoteka yuzaga kelgandan keyin paydo boʻladi. Ushbu shart ipoteka krediti shartnomasida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qarz oluvchining bank hisobvaragʻida shakllantirilgan mablagʻ va unga ajratilgan ipoteka krediti bank tomonidan naqd pulsiz shaklda pudrat tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ipoteka krediti shartnomasi qaytarish grafigiga asosan qarz oluvchi ipoteka krediti va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini (subsidiyadan tashqari qismi) toʻlab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditini ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun qarz oluvchiga ipoteka krediti berish bank tomonidan qarz oluvchi va pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmat koʻrsatish shartnomasi va qurilish-montaj ishlari reja-jadvali asosida qarz oluvchining bankda ochilgan alohida ssuda hisobvaragʻidan bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich pudrat tashkilotining depozit hisobvaragʻiga naqd pulsiz shaklda oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qarz oluvchining oʻz kuchi bilan yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda yakka tartibdagi uy-joylar qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlar bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich qarz oluvchining bank kartasiga oʻtkazib beriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ipoteka krediti boʻyicha mablagʻ ajratish bank tomonidan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi olingan vaqtdan boshlab bir bank kuni mobaynida amalga oshiriladi. Bunda kredit ajratishning har bir bosqichida bank xodimi tomonidan joyiga chiqib, ajratilgan ipoteka kreditining maqsadli ishlatilishi oʻrganiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajarilgan ishlar hajmining 95 foizgacha qismi qarz oluvchining boshlangʻich badali (jami bajariladigan ishlar qiymatining 15 foizi) hisobidan oʻtkazib berilgan avans mablagʻlarga mutanosib ravishda ushlab qolingan holda bajarilgan qurilish-montaj ishlari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga muvofiq moliyalashtirib boriladi hamda yakka tartibdagi uy-joy qiymatining 5 foizi miqdoridagi qolgan qismi bank xodimi tomonidan joyiga chiqib ipoteka kreditini toʻliq ajratish toʻgʻrisida xulosa berilgandan soʻng toʻlanadi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi har oyda bankka amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari holati toʻgʻrisida hisobot topshirishi kerak. Hisobotga sotib olingan tovarlarga berilgan schyotlar, kvitansiyalar, yuk xatlari va boshqa hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa maʼlumotlar ilova qilinadi.
(45-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yakka tartibdagi uy-joyning qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallanib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda:
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilishi tugallangan uy-joyni tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish shartnomasi tuziladi. Bunda sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofoti har yili toʻlanishi nazarda tutilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma yoki qonun asosida ipotekani rasmiylashtiriladi va u davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ipoteka krediti monitoringini olib borish va kreditni qaytarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ipoteka kreditini qaytarish va u boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash tartibi bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi, qonunchilik hujjatlari va bank kredit siyosati bilan tartibga solinadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ipoteka krediti boʻyicha foiz kredit qoldigʻiga nisbatan har kuni hisoblab yoziladi va har oyda bir marta undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzni va foizni toʻlash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda hisoblangan foiz va ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan toʻlovlar jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Bank foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchiga ipoteka krediti berilgan kundan boshlab uch ish kunida hududiy moliya boʻlimlariga ipoteka kreditini toʻlash jadvali ilova qilingan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchining foiz xarajatlari bir qismini qoplash uchun hududiy moliya boʻlimlari har oyning 25-kunigacha buyurtmanomani shakllantirib tegishli hududiy gʻaznachilik boʻlimlariga yuboradi. Buyurtmanoma roʻyxatdan oʻtgandan soʻng hududiy moliya boʻlimlari ushbu buyurtmanomaga asosan hududiy gʻaznachilik boʻlimlariga toʻlov topshiriqnomasini yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foiz xarajatining bir qismini qoplash uchun subsidiya hududiy gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan qarz oluvchining bank tomonidan koʻrsatilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
(50-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlari bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelgan muddati oʻtgan asosiy qarzdorlik uchun hisoblangan foiz toʻlovlari subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchi uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻi hisobidan qoplab berilmaydi va ushbu toʻlovlar qarz oluvchi tomonidan toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti hisobidan foiz toʻlovining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya qarz oluvchining ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzdorlik toʻlovi uchun yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Hududiy moliya, gʻaznachilik boʻlimlari va bank oʻrtasida har chorakda kamida bir marta subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchilar foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlab berilgan subsidiya boʻyicha solishtirma dalolatnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Bank ipoteka kreditidan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bankning masʼul xodimi kreditdan maqsadli foydalanilishi, asosiy qarz va foizning toʻlanishi, garov mulkidan foydalanish va uning saqlanishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan bank tomonidan qoʻllaniladigan choralar ipoteka krediti shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz toʻlovi belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda, bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatini bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini taʼminlash chorasini koʻrishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ipoteka krediti monitoringi davomida taqdim etilgan hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish jarayonida bank tomonidan ipoteka kreditidan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlangan taqdirda bank maqsadsiz foydalanilgan mablagʻ va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni ipoteka krediti shartnomasida belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Agar ipoteka kreditini oʻz vaqtida undirish boʻyicha koʻrilgan choralar natija bermasa va kreditning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilmaslik xavfi yuzaga kelsa, bank kredit shartnomasi hamda qonunchilik hujjatlari talablari asosida toʻlov (qaytarish) muddati kelgan kredit va foiz toʻlovlarini undirish choralarini koʻradi. Berilgan kreditni muddatidan oldin undirish maqsadida bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning har qanday hisobvaraqlaridan (omonat, bank kartalaridagi) mablagʻlarni akseptsiz tartibda undirib olish va qarzdorlikni qaytarishga yoʻnaltirishi mumkin. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Qarz oluvchi ipoteka krediti shartnomasi va unga ilova qilingan toʻlovlar jadvali boʻyicha majburiyatlarni muntazam ravishda ketma-ket uch oy davomida buzganda va toʻlovlarni toʻlamagan taqdirda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qoʻyilgan mulkka qaratadi. Shuningdek, bank uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) moliya boʻlimlariga ipoteka krediti foiz xarajatlarini qoplashga subsidiya ajratishni toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ipoteka kreditini muddatidan oldin undirish yuzasidan suddan oldingi tadbirlar va sudda daʼvo qoʻzgʻatish “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda bankning ichki normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qilinadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ipoteka krediti shartnomasi bekor qilingan taqdirda, tuman (shahar) moliya boʻlimlari banklar bilan birgalikda toʻlab berilgan subsidiyani qarz oluvchidan belgilangan tartibda qaytarib olish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Moliya vazirligi tomonidan banklarga joylashtirilgan mablagʻlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash banklar va Moliya vazirligi oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Moliya vazirligi zarur hollarda Markaziy bank bilan birgalikda banklarga joylashtirilgan uzoq muddatli mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, maqsadliligi va qaytarilishi, shuningdek, ular hisobidan ipoteka krediti toʻgʻri ajratilishini oʻrganib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilganda, bank ipoteka kreditining asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot varaqasini bepul tarzda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Bank qarz oluvchiga ipoteka krediti boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan oylik toʻlovlar miqdori hamda qarz oluvchining daromadlarini tahlil qilgan holda ushbu toʻlovlarni toʻlash uchun uning imkoniyati yetishi (yoki yetmasligi) haqida tushuntirish beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ipoteka krediti shartnomasi imzolanmasdan oldin bank qarz oluvchiga ushbu shartnoma loyihasini tanishib chiqish uchun oʻzi bilan olib ketish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Bank qarz oluvchiga ipoteka krediti shartnomasi imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini kreditni qaytarish jadvalini ilova qilgan holda taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan soʻng ipoteka krediti shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi oʻzgarganda, bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirib, qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Bank ipoteka kreditini ajratishda bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda banklar faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashi shart.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Qarz oluvchi bank foydasiga oʻz hisobidan sotib olingan kvartira yoki qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning toʻliq qiymatini yoʻqolish va shikastlanish xavflaridan sugʻurta qilishda sugʻurta tashkilotini mustaqil tanlash huquqiga ega.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Moliya vazirligi

Muvofiqlik mezonlariga mos keladigan banklar bilan Bosh bitim tuzadi.

Doimiy

2-bosqich

Bank

Moliya vazirligi bilan ipoteka kreditlari uchun resurs ajratish boʻyicha Bosh bitim doirasida (resurs summasi koʻrsatilgan holda) shartnoma imzolaydi.

Yil davomida

3-bosqich

Pudrat tashkiloti

Oʻz mablagʻlari, banklarning kreditlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan koʻp kvartirali uy-joylarni quradi.

Qurib bitkazilgan koʻp kvartirali uy-joylarga talabgorlarni aniqlaydi va ularni sotish ishlarini amalga oshiradi.

Belgilangan muddatlarda

Yil davomida

4-bosqich

Bank

Moliya vazirligiga resurs mablagʻlarini olish uchun buyurtmanoma taqdim etadi.

Yil davomida

5-bosqich

Moliya vazirligi

Bankka resurs mablagʻini oʻtkazib beradi.

10 ish kuni davomida

6-bosqich

Qarz oluvchi

Oʻz tanlovlari asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan shartnomani imzolaydi.

Qarzoluvchibankkategishlihujjatlar (boshlangʻichbadaluchunsubsidiyaajratilganhollardasubsidiyaxabarnomasi) bilanboshlangʻichbadaltoʻloviniamalgaoshirganholdaipotekakreditiolishuchunarizatopshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Bank

Kredit olish toʻgʻrisidagi arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib hamda boshlangʻich badal shakllangandan soʻng arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Bank ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, hududiy moliya boʻlimlariga qarz oluvchilar boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni toʻlashga buyurtmanoma yuboradi.

3 ish kuni

1 ish kuni ichida

8-bosqich

Hududiy gʻaznachilik boʻlimlari

Boshlangʻich badalni qoplash uchun mijozlarga tegishli subsidiyalarni bankka oʻtkazib beradi.

3 ish kuni

9-bosqich

Bank

Mijozlarning ipoteka kreditini qarz oluvchi tomonidan bankda shakllangan mablagʻlar bilan birga kvartira uchun pudrat tashkilotiga oʻtkazib beradi.

Hududiy moliya boʻlimlariga subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchilar boʻyicha (ipoteka krediti foiz toʻlovlari boʻyicha subsidiya ajratiladigan hollarda) ipoteka kreditini toʻlash jadvalini ilova qilgan holda foiz xarajatlarining bir qismini toʻlash uchun subsidiyalarni toʻlashga buyurtmanomalarni taqdim etadi.

3 ish kuni

Ipoteka krediti taqdim etilganidan soʻng 3 ish kuni mobaynida

10-bosqich

Qarz oluvchi

Kredit shartnomasining qaytarish grafigiga asosan mijoz ipoteka krediti va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini (subsidiyadan tashqari qismi) toʻlab boradi.

Har oyning
25-kunigacha

11-bosqich

Hududiy gʻaznachilik boʻlimlari

Kredit shartnomasining qaytarish grafigiga asosan mijozning ipoteka kreditiga hisoblangan foiz toʻlovlarining bir qismi uchun subsidiya mablagʻlarini toʻlab boradi*

Har oyning
25-kunigacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* hududiy moliya, gʻaznachilik boʻlimlari va bank oʻrtasida har chorakda kamida bir marta subsidiyalar olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchilar foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlab berilgan subsidiya toʻlovlari boʻyicha solishtirma dalolatnoma tuziladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan aholiga ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlari ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Qarz oluvchi

Yer uchastkalarida belgilangan tartibda kelishilgan loyiha asosida hamda tuman (shahar) aholi punktlari bosh rejasi va shaharsozlik normalariga mos holda pudrat tashkiloti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilar bilan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha shartnomani imzolaydi, oʻz kuchi bilan amalga oshirish holati bundan mustasno.

Oʻz xohishiga koʻra belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Qarz oluvchi

Bankka tegishli hujjatlar bilan boshlangʻich badal toʻlovini amalga oshirgan holda ipoteka krediti olish uchun ariza topshiradi.

Bunda yakka tartibda uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) amalga oshirilishida, ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati hisobga olinishi mumkin.

Oʻz xohishiga koʻra belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Bank

Kredit olish boʻyicha taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi imzolanadi.

3 ish kunida

4-bosqich

Pudrat tashkiloti (oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilar), qarz oluvchi

Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlarini amalga oshiradi.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Bank

Shartnoma va loyiha asosida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha bajarilgan ishlar boʻyicha toʻlovlar uchun ipoteka krediti va qarz oluvchi tomonidan bankda shakllangan mablagʻlarni pudrat tashkilotlarining depozit hisobvaragʻiga naqd pulsiz shaklda oʻtkazib beradi.

Bunda qarz oluvchining oʻz kuchi bilan yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda yakka tartibdagi uy-joylar qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlarni qarz oluvchining bank kartasiga oʻtkazib beradi.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Qarz oluvchi

Kredit shartnomasining qaytarish grafigiga asosan ipoteka krediti va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini toʻlab boradi.

Har oyning

25-kunigacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Moliya vazirligi tomonidan banklarga mablagʻlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemadagi 1, 2, 4 va 5-bosqichlarda belgilangan tartibda ajratiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 151-son qaroriga 2-ilova.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 394-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 6-noyabrdagi 309-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi 712-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 1-apreldagi 195-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.