Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.08.1995 yildagi 307-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 31.07.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOGʻINI 2010 YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA REKONSTRUKSIYA QILISh VA RIVOJLANTIRISh MILLIY DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va aholining bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aloqa xizmatlariga nisbatan oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirishni taʼminlaydigan telefon aloqasini yanada rivojlantirish, mavjud telekommunikatsiya tizilmalarini zamonaviylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aloqa vazirligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining “Simens” aksionerlik jamiyati, DAYEWOO kompaniyasi va boshqalar ishtirokida yuqori texnologik aloqa asbob-uskunalari va tolali-optik kabel ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, import oʻrnini bosuvchi telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik aloqa kabelini ishlab chiqaruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi yangi tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalar ishlab chiqarishga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻzlashtirish davrida hamda mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab dastlabki besh yilda daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi aloqa sohasida vakil qilingan davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili kapital qoʻyilmalar prognozlarini tasdiqlashda Aloqa vazirligiga Milliy dasturda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat mulki qoʻmitasi, Aloqa vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi 613-XII-son qarori 10-bandi bilan belgilangan davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, sotib olish va ijaraga berish mumkin boʻlmagan aloqa korxonalari turlari hamda guruhlari boʻyicha cheklashlarni bekor qilishga oid takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-iyuldagi 380-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Umumdavlat telefon tarmogʻiga chiqadigan oʻz telefon stansiyalariga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar va korxonalar oʻz ATSlarini umumiy foydalanishdagi raqamli telefon stansiyalari bilan birgalikda ishlashi uchun zarur boʻlgan kommunikatsiya asbob-uskunalarini va ulash liniyalari asbob-uskunalarini zamonaviylashtirishni aloqa korxonalari bilan kelishilgan muddatlarda taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki, turar joy, ijtimoiy-madaniy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni loyihalashtirish hamda qurishda Aloqa vazirligi korxonalari texnik shartlariga koʻra telefonlashtirish va radiolashtirish tashqi tarmoqlarini qurish ishlarining qiymati yigʻma smetaga majburiy tartibda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda telekommunikatsiya tarmogʻini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish vazifalarining amalga oshirilishini taʼminlovchi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha aloqa korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi taklif belgilangan tartibda kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Aloqa vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1968-yil 22-avgustdagi 402-son qarori (OʻzSSR QT, 1968-y., 6-son, 49-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 1-avgustdagi 307-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy (mahalliy, shaharlararo va xalqaro) telefon tarmogʻini, telegraf aloqasi tizimini, maʼlumotlarni uzatishni, faksimil aloqani, televideniye dasturlari va ovozli eshittirish dasturlarini taqsimlashni oʻz ichiga oluvchi telekommunikatsiya tarmoqlari infrastrukturaning eng muhim elementi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi axborotni tarqatishning eng maqbul muhiti hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dasturning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi jahon telekommunikatsiya tizimiga chuqurroq integratsiyalashni nazarda tutuvchi hamda mamlakat iqtisodiyoti va aholisining aloqa xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirishni taʼminlovchi raqamli uzatish tizimi va raqamli kommunikatsiya asbob-uskunalari bazasida milliy telekommunikatsiya tarmogʻini yaratish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash prinsiplarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirishga nodavlat manbalar mablagʻlarini, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunikatsiyalarning xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, tolali-optik kabel ishlab chiqarishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar texnik asoslarini shakllantirishda respublikaning suveren huquqlariga va mintaqaviy tuzilmalar manfaatlariga rioya qilish hamda telekommunikatsiya tizimlarini yaratish va ishlatish jarayonida ularning oʻzaro aloqalarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya jahon iqtisodiyotining eng dinamik va daromadli tarmoqlari qatoriga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefon bilan taʼminlanganlik darajasi — har qanday mamlakat aloqasi rivojlanganlik darajasining integral koʻrsatkichi hisoblanib, u asosiy abonent terminallari va liniyalari sonini, montaj qilingan ATS sigʻimini va shaharlararo aloqa liniyalarini aks ettiradi. Aynan mana shuning uchun ham telefon bilan taʼminlanganlik darajasi Xalqaro valyuta fondi tomonidan davlatning iqtisodiy darajasiga taʼrif berishda foydalaniladigan iqtisodiy koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil boshiga telefon bilan taʼminlanganlik darajasi (soni) respublikaning har 100 aholisiga 6,7 telefoni tashkil qiladi, u Xalqaro elektr aloqa uyushmasi qabul qilgan oʻrtacha normativdan bir necha baravar kam boʻlib, Hindiston, Pokiston, Eron kabi mamlakatlar bilan qiyoslanishi mumkin. Taqqoslash uchun Germaniyada har 100 aholiga — 44,8 telefon, Fransiyada — 52,3, Angliyada — 45,1, Turkiyada — 16,2 telefon toʻgʻri keladi. Respublikada hozirgi kunda shaharda har bir ikkinchi oila, qishloq joylarda har bir oʻninchi oila telefon bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqning ahvoli moddiy-texnik bazaning rivojlangan mamlakatlardagidan 20—30 yil orqada qolganligi, aloqa vositalari bilan jihozlanmaganlik darajasi, koʻrsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatining pastligi, raqamli tarmoq va servis xizmatlarning rivojlanmaganligi, axborot paketini kommutatsiya qilib, maʼlumotlarni zamonaviy yuqori tezlikda uzatish tarmogʻining yoʻqligi, aloqa vositalari eskirish darajasining yuqoriligi (50 foizdan ortiq) bilan ifodalanadi. Respublika telekommunikatsiya tarmogʻining jiddiy nuqsoni analog tizimlardan foydalanish hisoblanadi, ayni bir vaqtda jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar 180 tagacha xizmat turlarini (analog tizimniki 15 tadan ortmaydi) koʻrsatadigan raqamli telefon stansiyalaridan foydalanmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon amaliyoti aloqa xizmati rentabelligi uchta darajada boʻlishini koʻrsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori rentabelli xizmat — xalqaro va shaharlararo telefon aloqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar telefon aloqasi — rentabelligi oʻrtacha xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq telefon aloqasi xizmati — asosan zarar keltiradigan xizmat turi hisoblanadi, ayniqsa qishloq joylarda rekonstruksiya qilish va rivojlantirishning boshlangʻich yoki telefonlarni koʻpaytirish bosqichida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa xizmatida yuzaga kelgan rentabellikning bu uchta darajasidan kelib chiqib, birinchi navbatda shaharlararo va xalqaro telefon aloqasini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi, buning natijasida olinadigan foydadan esa mahalliy telefon aloqasini rivojlantirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa vositalarini rivojlantirish uch bosqichda amalga oshiriladi (1, 2, 6-jadvallar*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jadvallar keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda (1994 — 2000-yillar) 1997-yilgacha Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida xalqaro va 400 ming nomyerga ega boʻlgan yangi avlod shahar telefon stansiyalarini ishga tushirish birinchi navbatdagi vazifalar sifatida belgilangan. Maʼnaviy va jismoniy eskirgan, ishlash muddatlarini oʻtab boʻlgan asbob-uskunalarni almashtirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich oxiriga kelib telefon bilan taʼminlanganlik darajasi (telefonlar soni) respublikaning 100 aholisiga 10,1 ni tashkil qiladi, bu 1994-yildagi darajadan 1,5 baravar ortiq boʻladi, dyemakdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davr oxiriga kelib aloqa tizimini raqamlashtirish darajasi 40 foizni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi mana shu davrda, tolali-optik aloqa kabeli asosida Xitoyni Yevropa bilan bogʻlaydigan Trans-Osiyo-Yevropa kabel magistrali (TAYE)ning respublika hududidan oʻtadigan qismining qurilishi taʼminlanadi. Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlari oʻrtasida raqamli tolali-optik va radio releli aloqa liniyalarini qurish amalga oshiriladi, bu shaharlararo hamda xalqaro telefon kanallari sonini keskin koʻpaytirish, maʼlumotlarni paketli kommutatsiya bilan uzatish respublika tarmogʻini va jahonning barcha mamlakatlariga chiqishni taʼminlaydigan xalqaro teleks stansiyani yaratish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqich (2001 — 2005-yillar) respublika shaharlari va tumanlar markazlarida mahalliy telefon tarmoqlarini raqamlashtirish ishining jadal olib borilishi bilan ifodalanadi, qishloq joylarda zamonaviy ATSlarni joriy qilish, shuningdek, qishloqda radiotelefon aloqasini qoʻllash koʻlami kengaytiriladi. II bosqich oxiriga kelib telefon bilan taʼminlanganlik darajasi respublikaning 100 aholisiga 10,9 telefonga yetadi, raqamlashtirish darajasi 70 foizni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi bosqich (2006 — 2010-yillar) respublika telekommunikatsiya tarmogʻini yangi baza — raqamli telefon stansiyalari va uzatish tizimlari asosida yaratish boʻyicha texnik va tashkiliy ishlarni yakunlashni nazarda tutadi. Qishloq joylarda eskirgan asbob-uskukalarni almashtirish tugallanadi. Respublika 100 aholisiga telefon bilan taʼminlanganlik darajasi 13,4 ni tashkil qiladi (6-jadval).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti imkoniyatlarining cheklanganligi tufayli uchinchi bosqich oxiriga kelib rejalashtirilayotgan telefon bilan taʼminlanganlik darajasi Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi tavsiya etayotgan, mamlakat iqtisodiyotini bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadigan telefon bilan taʼminlanganlik darajasi — 100 kishiga 25 telefon taʼminlay olmaydi. Shu bilan birga, mazkur masala aloqa korxonalarini xususiylashtirishda koʻrib chiqiladi, chunki bu xususiylashtirishning shartlaridan biri investitsiyalarni telefon bilan taʼminlanganlik darajasi 100 kishiga 20 va undan ortiq telefon boʻlishiga erishishni taʼminlashga yoʻnaltirishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning eng muhim yoʻnalishlaridan biri raqamli telekommunikatsiya aloqa tarmogʻini bosqichma-bosqich yaratib, uni keyinchalik xizmatlarni integratsiyalab raqamli tarmoqqa (ISDN) oʻtkazishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha bosqichlarda muassasa telefon aloqasi sektorini, radiotelefon va mobil (uyali) aloqani rivojlantirish ishlari jadallashtirilgan tarzda bajariladi, aloqaning kosmik tizimi yanada rivojlantiriladi va takomillashtiriladi. “Uyali aloqa” radiotelefonlar soni 150 mingga (hozirgi kunda — 1 mingta), qishloq radiotelefon tizimlari sigʻimi hozirgi 181 ming oʻrniga 360 mingtaga, muassasa (idora) telefon aloqalari sigʻimi 530 ming telefon nomeriga yetadi, bularni, shuningdek, ularni ulovchi liniyalarni qurish aloqa korxonalarining texnik shartlari boʻyicha buyurtmachi hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy aloqa tarmogʻini moʻljallanilayotgan texnik qayta jihozlash vazirliklar, idoralar va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning aloqa xizmatlariga boʻlgan barcha asosiy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Idoralar liniyalari qurilishi asosan texnologik jarayonlarni qondirish maqsadidagina amalga oshiriladi. Umumfoydalanishdagi boshlangʻich tarmoqlar va idoralar tarmoqlarini oʻzaro bogʻlash uchun kanallar va tarmoq traktlariga boʻladigan ehtiyoj kommunikatsiyalashmaydigan kanallar va traktlarga boʻlgan umumiy ehtiyojda hisobga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa va tashkilotda telefonga ehtiyoj 8 tadan ortiq boʻlganda, qoidaga koʻra, ofislarni telefonlashtirish muassasa ATS va kommutatorlarni oʻrnatish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq uchun mutaxassislarni tayyorlashni Toshkent aloqa elektr texnika instituti, Toshkent aloqa kolleji, Toshkent telekommunikatsiya kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni Markaziy Osiyo mintaqaviy markazida, shuningdek, xorijiy firmalar bilan tuzilgan kontraktlar doirasida amalga oshirish moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik aloqa kabelini sanoatda ishlab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sanoatining hozirgi kundagi imkoniyatlari telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, uzatish tizimlari va tolali-optik kabelni zarur miqdorda hamda sifatli ishlab chiqarish imkonini bermaydi. Mis sim qoʻllaniladigan kabel mahsuloti keng assortimentda va yetarli miqdorda hozirgi kunda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi uchta birlashmada ishlab chiqarilmoqda. Tolali-optik kabellarni kichik seriyada “Elektrosignal” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ishlab chiqarmoqda. U bu mahsulotni Rossiyadan olinadigan xomashyoni oʻz ishlab chiqarishiga moslab qayta ishlab Rossiya texnologiyasi boʻyicha chiqarishni oʻzlashtirgan. Optik kabellarni ishlab chiqarishda jahon darajasini taʼminlab keyinchalik Jahon bozoriga chiqish uchun xorijiy firmalar texnologiyalari va investitsiyalarini qoʻshma korxonalar tashkil etish shaklida jalb qilish zarur boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dasturda 1995 — 1997-yillarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilib respublikada tolali-optik aloqa kabellarini, uzatish va kommutatsiyaning raqamli tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa vazirligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan SIEMENS aksionerlik jamiyati (Germaniya) imzolagan Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va modernizatsiyalash sohasidagi hamkorlik dasturini rivojlantira borib, shuningdek, xorijiy kompaniyalar mablagʻlarini jalb qilish maqsadida respublikada zamonaviy telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik aloqa kabelini sanoatda ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda ijaradagi “Elektrosignal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va SIEMENS hamda Turk SIEMENS (Turkiya) firmalari oʻrtasida tolali-optik aloqa kabelini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bu jarayonda NOKIA (Finlyandiya), PIRELLI (Italiya) firmalari va boshqa yetakchi firmalarning ishtirok etishiga oid takliflar oʻrganilmoqda, bu Oʻzbekistonga mazkur mahsulot bilan faqat Markaziy Osiyo bozorlariga emas, balki boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SIEMENS firmasi, uning SIMKO (Turkiya) shuʼba firmasi bir tomondan va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi korxonalari — “Integrator” zavodi va “Oʻzbekkosmos” davlat agentligi “Granit” Markaziy Osiyo montaj-texnologiya boshqarmasi ikkinchi tomondan, qishloq raqamli telefon stansiyalari, tumanlar markazlari uchun EWSD stansiyalari, EWSDni kengaytirish uchun asbob-uskunalar, muassasa ATSlari, raqamli uzatish tizimlari, analog-raqamli oʻzgartirgichlarni ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalarni tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlari va texnik iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa vazirligi Janubiy Koreyaning DEU firmasi bilan Urganch shahrida qurilayotgan aloqa vositalari zavodi bazasida qishloq raqamli telefon stansiyalarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. DEU firmasi texnologik uskunalarni yetkazib berishni taʼminlaydi va keyinchalik ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur kreditlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gretsiyaning “Vardinoyannis” va “Sombos” firmalari bilan axborot-kommutatsiya materiallarini uzatishning raqamli tizimlarini va shahar hamda qishloq telefon tarmoqlari liniya xoʻjaligi uchun zarur komponentlar (koʻplab talab etiladigan kross asbob-uskunalar, boksli taqsimlash shkaflari, taqsimlash korobkalari va kabel muftalari)ni ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalarni tashkil etish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat faoliyat uchun teng shart-sharoitlar yaratish va raqobatni rivojlantirish maqsadida qoʻshma korxona ishlab chiqaradigan mahsulotni sotishda qandaydir imtiyozlar yoki ustuvorliklar berishdan oʻzini tiyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy dasturni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mablagʻ bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish bosqichi shart-sharoitlarida iqtisodiyotni rivojlantirish koʻp jihatdan asosiy vazifasi sodir boʻlayotgan jarayonlarni bozor munosabatlari va tartiblarini haqiqiy iqtisodiy vaziyat hamda iqtisodiyotning ayrim sohalarini bozor mexanizmlarining ishlash prinsiplarni qabul qilishga tayyorligi bilan muvofiqlashib izchil va maqsadga muvofiq shakllantirishdan iborat boʻlgan davlat tomonidan tartibga solinishi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiyani davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tizimini tashkil etishning umumiy huquqiy va iqtisodiy asoslarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya vositalariga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va boshqarish sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquq hamda majburiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va telekommunikatsiya idora vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya vositalari ustidan davlat texnik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya vositalari orqali berilayotgan axborotda davlat xavfsizligi manfaatlarini va axborotning maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat telekommunikatsiya tizimlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish, bu tizimlarga xorijiy investitsiyalar jalb etilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, xorijiy kapitalning davlat telekommunikatsiya tarmogʻiga kirib kelishini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy telefon tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishga soliq, boj, amortizatsiya borasida va boshqalarda imtiyozlar berish, shuningdek, qisman davlat budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya tarmogʻini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini mablagʻ bilan taʼminlashni asosan aloqa korxonalarining oʻz mablagʻlari hisobiga, shuningdek quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa isteʼmolchilari (aholi, tashkilotlar, muassasalar) mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa korxonalarining mablagʻlari shaharlarda shaharlararo telefon tarmoqlarini, stansiyalararo va magistral aloqa liniyali telefon stansiyalarini, tumanlar markazlarida radiotelefon aloqaning kompleks asbob-uskunali telefon stansiyalarini qurishga, shuningdek xorijiy kreditlarni qaytarishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa korxonalari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlovchi xorijiy organlarning asbob-uskunalarni yetkazib berishga beradigan kreditlarini jalb qilish yanada rivojlanadi. Bunda Aloqa vazirligi tomonidan kontraktda kelishilgan xorijiy valyutadagi toʻlovlarni oʻtkazish masalasini hal qilish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Aloqa vazirligi tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga xorijiy davlatlar hukumat kreditlarini KFW (Germaniya) va ODA (Yaponiya) dasturlariga oʻxshash imtiyozli asosda jalb qilish ishi davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablagʻlari, tashkilotlar, muassasalar va aholi mablagʻi hisobiga ATS binolarini, taqsimlash tarmoqlarini, telefonlashtirish ichki tarmoqlari va radiotelefon tizimlari abonent stansiyalarini qurish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefon aloqasi vositalarini rivojlantirish masalalarini hal qilishga aholi mablagʻlarini jalb qilish ham nazarda tutilgan. Bu birinchi navbatda, shaharlar va qishloq tumanlarida uylar yakka tartibda qurilayotgan joylarda taqsimlash tarmoqlarini qurish xarajatlarini qoplash uchun qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin tariflarga bosqichma-bosqich oʻtilishi bilan Aloqa vazirligi xizmatlar qiymati asosiy koʻrsatkichlarini foydalanish xarajatlarini haqiqiy qoplashni taʼminlash va korxonalarning barqaror rivojlanishlari uchun zarur boʻladigan jamgʻarma fondlarini shakllantirishga yaqinlashtirish ishini amalga oshirib boradi. Ammo xizmatlar isteʼmolining shakllangan darajasi hamda keng aholi qatlamining moddiy taʼminlanganlik darajasi tariflarni jahon koʻrsatkichlarigacha koʻtarish imkonini bermaydi, bu ayniqsa mahalliy telefon aloqasiga tegishlidir. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrining eng muhim koʻrsatkichlaridan biri — aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoyalash zarurligini nazarda tutib, mazkur bosqichda mahalliy telefon aloqasi xizmatlari tariflari darajasini aholining haqiqiy daromadlariga muvofiq keladigan darajada saqlash maqsadga muvofiqdir. Bu sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturining amalga oshirilishi budjet hisobidan toʻgʻridan toʻgʻri mablagʻ bilan taʼminlash, soliq va boshqa imtiyozlarni berish, aloqa korxonalarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni yoʻnaltirish yoʻli bilan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hisobiga taʼminlanadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda boshlangʻich bosqichda har yili respublika budjetidan 150 mln soʻm miqdorida budjet mablagʻlarini ajratish, shuningdek aloqa korxonalarini qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutiladi. Aloqa korxonalarini xususiylashtirish boshlanishiga koʻra davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning 80 foizini yoʻnaltirish hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash miqdori Milliy dasturni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan investitsiyalar umumiy hajmining 15 — 18 foizi atrofida boʻladi (3, 4-jadvallar*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jadvallar keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablagʻlarini aholi, davlat boshqaruv organlari, mudofaa hamda xavfsizlik manfaatlariga xizmat qiluvchi shaharlararo va xalqaro elektr aloqani rekonstruksiya qilish va rivojlantirish xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturining amalga oshirilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalarni jahon andozalari talablariga javob beruvchi raqamli asbob-uskunalarga toʻliq oʻtkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefon bilan taʼminlanganlik darajasini Xalqaro elektr aloqa uyushmasi tavsiya etayotgan, bozor shart-sharoitlarida iqtisodiyotni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadigan 20 — 25 telefon darajasiga yetkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini 180 tagacha yetkazib, xizmatlar sifatining yuqori darajasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ehtiyojini toʻliq taʼminlaydigan telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik kabelni ishlab chiqaruvchi respublika sanoatini yaratishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy tarmoqning jahon telekommunikatsiya va axborot tarmogʻiga integratsiyalashuvini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 1-avgustdagi 307-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi aloqa sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aloqa vazirligi Elektr aloqasi xalqaro ittifoqida, Butun jahon pochta ittifoqi hamda va telekommunikatsiya pochta sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalashga vakil qilingan organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Aloqa vazirligi tizimiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” konsernining pochta aloqasi va matbuot tarqatish korxonalari, “Oʻzbektelekom” konsernining elektr aloqasi korxonalari, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye birlashmalari va korxonalari, ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlar qurish va foydalanishga oid taʼminot faoliyati, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-hisoblash markazlari, elektromagnit moslik va xalqaro hisob-kitoblar hamda shartnomalar markazi, maxsus aloqa korxonalari, harbiy tuzilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, respublika hududida barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan koʻrsatilayotgan aloqa xizmatlari sifati amaldagi qonunchilikka, normativ hujjatlarga muvofiq taʼminlanishi ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat aloqa inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati yuqori organlari, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi xat-xabarlarini va diplomatik xat-xabarlarni ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida qabul qilib oluvchi, yetkazib beruvchi, oʻz faoliyatini toʻla xoʻjalik hisob-kitobi va budjetdan ajratiladigan mablagʻ hisobiga amalga oshiruvchi Davlat feldyegerlik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pochta toʻlovlari belgilarini nashr etish huquqi istisnosiz Aloqa vazirligiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa vazirligining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Aloqa vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, mulkchilikning barcha shakllaridagi boshqarmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning, aholining aloqaning turli xil xizmatlariga, shu jumladan xalqaro aloqa xizmatlariga boʻlgan talablarini yanada toʻlaroq qondirish maqsadida elektr aloqasi umumdavlat tarmoqlarini* (shu jumladan radioaloqa, radioeshittirish va televideniye texnika vositalarini), pochta aloqasini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, vaqtli matbuotni tarqatish boʻyicha faoliyatni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* elektr aloqasi — sim, radio, optika yoki boshqa elektromagnit tizimlar orqali beriladigan belgilar, signallar, yozma matn, tasvirlar va tovushlarni yoki har qanday turdagi xabarlarni uzatish va qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralarga qarashli aloqa tarmoqlari va vositalarini** texnik jihatdan takomillashtirishni tashkil etishga oid faoliyatni muvofiqlashtirish. Mulkchilik shakllari va idoraviy qarashliligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanilayotgan aloqaning texnik vositalarini ishlab chiqarish va foydalanishda litsenziyalash va sertifikatsiyalash sohasida yagona texnika siyosati yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** idoralarga qarashli aloqa tarmoqlari va vositalari — bu vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasining umumdavlat aloqa tarmogʻiga chiqadigan aloqa tarmoqlari va vositalaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida umumdavlat va idoralarga qarashli aloqa vositalari hamda tarmoqlarini boshqarish. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari yoʻlida aloqa vositalari va tarmoqlaridan ustuvor foydalanishni taʼminlash. Aloqa vazirligining aloqaning maxsus turlari va boʻlinmalarini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda ishlab chiqarish, moliya va xoʻjalik faoliyatini bozor munosabatlariga oʻtkazishga oid kompleks faoliyatni tashkil etish. Aloqa korxonalari va obyektlarini belgilangan tartibda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vositalari va tarmoqlarini modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va kengaytirish maqsadida aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy sarmoyani jalb etishga doir shart-sharoitlar yaratish, faoliyatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aloqa vazirligi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr, pochta aloqasi va matbuot tarqatishni rivojlantirishning davlat uzoq muddatli dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Hukumati tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli prognozlarini, maqsadli kompleks dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa vazirligi tizimini boshqarish tuzilmasini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, uni yanada takomillashtirishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, birlashmalarni tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi, matbuot tarqatish va elektr aloqa xizmati koʻrsatuvchi korxonalarga rahbarlik qilish va boshqarishni tegishli ravishda “Oʻzbekiston pochtasi” va “Oʻzbektelekom” korxonalari orqali taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, iqtisodiyot, texnik foydalanish, aloqa tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish, aloqa korxonalarining oʻzaro munosabatlari masalalarida faoliyatni tartibga soluvchi tarmoq normativ hujjatlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi, bunda texnik foydalanish tartibini belgilovchi normativ hujjatlar (qoidalar, yoʻriqnomalar, nizom va boshqalar), mulkchilik shakllari va idoraviy qarashliligidan qatʼi nazar, aloqa tarmoqlari, vositalari va xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumrespublika ahamiyatiga ega boʻlgan qurilishlarni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini, markaziy apparatni mablagʻ bilan taʼminlash va boshqa maqsadlar uchun Vazirlik markazlashtirilgan fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta, elektr va maxsus aloqa korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan umumrespublika, mahalliy va ijtimoiy ahamiyatli aloqa xizmati roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqaning asosiy xizmatlariga tariflarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa xizmatiga tariflarning toʻgʻri qoʻllanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tarmoqlaridan birgalikda foydalanilganda aloqa korxonalariga aloqa xizmatlari uchun daromadlardan olinadigan hisob-kitob taksasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tizimidagi tarkibiy tuzilmalar haqidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqadi, Vazirlikning konsernlari, birlashmalari va korxonalari ustavlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat konsernlari, Aloqa vazirligi birlashmalari, korxonalari, muassasalari va oʻquv yurtlari moliya-xoʻjalik faoliyatining kompleks va toʻsatdan tekshirilishini, taftish qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatkichlarni va aloqa vositalarining ish sifati va koʻrsatilayotgan aloqa xizmati yomonlashganligi uchun jarimalar miqdorini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oliy, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, maxsus korxonalar, harbiy boʻlinmalarning zarur ehtiyojlarini umumlashtiradi va budjet mablagʻi bilan taʼminlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishga, rekonstruksiya qilishga, kengaytirishga, davlat va tarmoq rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga, safarbarlik tusidagi tadbirlarning bajarilishiga, maxsus obyektlar qurilishiga boʻlgan talabni aniqlaydi va budjet mablagʻlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralarga qarashli aloqa tarmoqlari va vositalarini barpo etish, rivojlantirish va texnikaviy takomillashtirishga doir asosiy texnik talablarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralarga qarashli aloqa tarmoqlari va vositalarini rivojlantirishning bosh va istiqboldagi rejalariga rozilik bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiochastotalarning isteʼmolchilar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasining qarorlariga muvofiq taqsimlanishini tashkil etadi hamda xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni roʻyxatga olish, ruxsatnomalar berish, tekshirish va texnikaviy radio nazorati boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aloqa sohasidagi faoliyatning tegishli turlariga litsenziyalar berish uchun xulosalar tayyorlaydi, ularning hisobini yuritadi, litsenziya shartlariga qanday rioya qilinayotganligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqaning texnik vositalari va xizmatlari sertifikatsiyasi organini tashkil etadi, sertifikatsiya sinovlari va metrologik taʼminlash laboratoriyalari (markazlari)ni aniqlaydi. Aloqa xizmatlariga va respublikada ishlab chiqariladigan aloqaning texnika vositalariga va respublikaga keltiriladigan aloqa asbob-uskunalariga muvofiqlik sertifikati berilishini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Hukumat aloqasi xizmati tomonidan foydalaniladigan radioelektron vositalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining umumdavlat tarmogʻiga chiqmaydigan ichki ishlab chiqarish va texnologiya maqsadidagi elektr-aloqa vositalari bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha komissiyasi topshirigʻiga koʻra Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Hukumat aloqasi xizmati, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik manfaatlari yoʻlida, idoraviy qarashliligidan qatʼi nazar, texnik kuchlar va vositalardan foydalanib tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishda pochta va elektr aloqasi, radio aloqa, radioeshittirish va televideniyeda hamda aloqaning maxsus turlarida chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning safarbarlik rejasini, davlat zaxirasida moddiy vositalar tuzilmasini, tarkibini, normalarini va ularni toʻplash rejalarini ishlab chiqadi, aloqa korxonalari bazalari va omborlarida ular qanday saqlanayotganligini va yangilab turilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yozishmalar, telefondagi soʻzlashuvlar, telegraf xabarlarining sir saqlanishini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tinchlik vaqtida va alohida davrda aloqa bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi alohida muhim aloqa obyektlarida Aloqa vazirligining harbiy qismlari kuchlari va vositalari bilan avariya oqibatlarini tugatish ishlarining bajarilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikka muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda aloqa korxonalari va obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha ishlar rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovlari belgilarini nashr etadi va muomalaga chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan —Vazir boshchilik qiladi. Vazirning uning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aloqa vaziri bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻrinbosarlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, oʻrinbosarlarning, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining alohida sohalariga rahbarlik qilish, konsernlar, davlat korxonalari, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining Vazirlik tizimidagi korxonalar ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning bunga vakil qilingan mansabdor shaxslari bilan aloqa xizmatlarini ayirboshlashni tashkil etish haqida tuzilgan bitimlar va shartnomalarga belgilangan tartibda Hukumat nomidan imzo chekishga vakil qilingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining mehnatga haq toʻlash fondini, shtat jadvalini va Vazirlik boʻlinmalari toʻgʻrisidagi qoidani, shuningdek Vazirlik markaziy apparatini mablagʻ bilan taʼminlash uchun sarf-xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, davlat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining rahbarlarini tasdiqlangan kadrlar nomenklaturasiga muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida Vazir (hayʼat raisi), lavozimlari boʻyicha vazir oʻrinbosarlari, shuningdek Aloqa vazirligi tizimining boshqa rahbar xodimlari tarkibida 11 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi. Hayʼat aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi hayʼati oʻz majlislarida aloqa tarmogʻini rivojlantirishning, fan-texnika yutuqlaridan keng koʻlamda foydalanishning, tarmoqning ishlab chiqarish bazasi va tuzilmasini sifat jihatdan qayta oʻzgartirishning, idoralararo va davlatlararo aloqalarni rivojlantirishning asosiy masalalarini hamda Vazirlik faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqadi, Vazirlikka qarashli konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalariga amaliy rahbarlik qilish, ijroni tekshirish, kadrlar siyosati masalalarini, muhim buyruqlar va yoʻriqnomalar loyihalarini muhokama qiladi, konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari, aloqa korxonalarining hisobotlarini eshitadi, tarmoqning ishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hayʼatning qarori, odatda, Vazirlikning buyrugʻi bilan hayotga joriy etiladi. Vazir bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, Vazir kelib chiqqan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda oʻz qarorini hayotga joriy etadi, hayʼat aʼzolari esa oʻz navbatida oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.