Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 8-noyabrda qabul qilingan “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-dekabr,
SQ-347-II-son