Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245 va 246-moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 30-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245 va 246-moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245 va 246-moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-mart,
170-II-son