Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Tibbiy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan tibbiyot xodimlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-575-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-oktabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Tibbiy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan tibbiyot xodimlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-575-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqidagi taklifini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 1351 va 1352-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Q. Joʻrayev va Sh. Yakubov tomonidan 2019-yil 7-oktabrda kiritilgan “Tibbiy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan tibbiyot xodimlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-575-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror hamda Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining xulosasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilsin.
3. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-noyabr,
580-IV-son