21.11.2019 yildagi 2911-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti xarajatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yilgi Davlat budjetining xarajatlari tasdiqlangan parametrlardan 10 foizdan oshgan qismiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnoma belgilangan tartibda kiritilganligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjetining daromadlar bazasi kengaytirilishi va qoʻshimcha daromad zaxiralari aniqlanishi evaziga hosil boʻlgan qoʻshimcha mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish uchun yoʻnaltirilayotganligi sababli Davlat budjetining ilgari tasdiqlangan 107118,4 mlrd. soʻm miqdoridagi xarajatlari 113040 mlrd. soʻmni tashkil etishi yoki 2019-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlari 5,5 foizga oshishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlab oʻtilsinki, Davlat budjeti xarajatlarining 5409,4 mlrd. soʻmi (10,9 foizga ortiq) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga, 1100,0 mlrd.soʻmi (36,9 foizga ortiq) uy-joylar qurish dasturini birgalikda moliyalashtirishda ishtirok etayotgan banklarga kredit liniyalari uchun qoʻshimcha mablagʻlarni koʻpaytirishga, 3437,7 mlrd. soʻmi (24,4 foizga ortiq) iqtisodiyotdagi xarajatlarga, 1082,8 mlrd. soʻmi (27,3 foizga ortiq) markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga, 512,6 mlrd. soʻmi (13,7 foizga ortiq) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlashga, 104,9 mlrd.soʻmi (11,5 foizga ortiq) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalari xarajatlariga qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltirilgan boʻlsa, 95,2 mlrd. soʻmlik mablagʻlar (12,6 foizga kam) fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash xarajatlarining kamaytirilishi olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 144-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti parametrlariga taqdim etilgan oʻzgartishlarni kiritishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2911-III-son