Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi kun tartibiga qoʻshish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan 2006-yil 30-noyabrda kelib tushgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi kun tartibiga qoʻshish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi kun tartibiga 11-band bilan qoʻshilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi kun tartibidagi 11 — 23-bandlar tegishincha 12 — 24-bandlar deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-dekabr,
265-I-son