12.11.2019 yildagi 2879-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda statistika maʼlumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligi masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. Begalovning “Oʻzbekistonda statistika maʼlumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, mazkur sohani isloh qilish, xalqaro standartlarni hamda ilgʻor xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish, statistika maʼlumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligini taʼminlashga doir huquqiy asoslarni yaratish va ularga erishishning aniq mexanizmlarini qoʻllash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, axborotda xalqaro talablar va standartlarga asoslangan zamonaviy statistika uslubiyotlarini amaliyotga tatbiq etish va sohani yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida besh yillik kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, unda faoliyatni takomillashtirish, umumeʼtirof etilgan haqqoniylik, ishonchlilik va ochiqlilik tamoyillariga rioya etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingani taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mamlakatimiz statistika tizimida malakali kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojni qondirish hamda yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat statistika qoʻmitasida Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutiga aylantirilganligi eʼtirof etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, foydalanuvchilarning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida 8 ta xalqaro tashkilot hamda mamlakatimizdagi 11 ta statistika idoralarining maʼlumotlar bazalari tarkibi va tajribalari yaqindan oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qoʻmitasining saytida foydalanuvchilarni statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish maqsadida bugungi kunda 20 ta boʻlimda, 279 ta toʻplam jadval koʻrinishida 1 mln. dan ziyod makroiqtisodiy koʻrsatkichlar eʼlon qilib berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki tomonidan 2004-yildan buyon mamlakatlar milliy statistikasining salohiyatini baholash boʻyicha yuritib kelinadigan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi”da Oʻzbekiston tutgan oʻrinni yaxshilash maqsadida ushbu reyting doirasida 29 ta indikator boʻyicha baho olinishiga erishildi. Natijada, mamlakatimizda statistika faoliyatining samaradorligi indeksi 2018-yil yakuni boʻyicha 50,9 ballni tashkil etgan boʻlsa, 2019-yil yakuni boʻyicha bu koʻrsatkich 67,5 ballga yetkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni alohida taʼkidlash joizki, multiindikator klaster kuzatuvlarini oʻtkazish, aholini roʻyxatga olish va qishloq xoʻjaligi xatlovlari natijasida xalqaro taqqoslashlar 2020-yil raundida ishtirok etish va statistika maʼlumotlarini keng tarqatish xizmatini yoʻlga qoʻyish orqali 2024-yil yakuni bilan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi”da maksimal ballga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bosqichma-bosqich davlat statistika hisoboti shakllari boʻyicha hisobotlarni “web” texnologiyaga asoslangan holda on-layn rejimda topshirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturiy taʼminotni joriy etish ishlari hozirga qadar yakunlanmaganligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. Begalovning “Oʻzbekistonda statistika maʼlumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligi masalalari toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi (B. Begalov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika faoliyati samaradorligi indeksi koʻrsatkichini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichma-bosqich davlat statistika hisoboti shakllari boʻyicha hisobotlarni on-layn rejimida topshirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturiy taʼminotni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlarni yakuniga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining kengaytirilgan maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimidan maʼlumotlarni tarqatishning maxsus standartiga oʻtish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda statistika maʼlumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligi masalalari yuzasidan muntazam monitoring olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika hisobotlarini tayyorlash, tarqatish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish maqsadida takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. Alixanov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2879-III-son