Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qarorqiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2016-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi A. Omonov toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi N. Kaimov toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi A. Butayev toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-dekabr,
SQ-136-III-son